1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tarkibiy qismlari


Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari



Yüklə 149 Kb.
səhifə7/25
tarix06.05.2023
ölçüsü149 Kb.
#126487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tark

17. Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari.

Mehnatni muxofaza qilish quyidagi manbalarda ko’zda tutilgan:


O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muxofaza qilish» Qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Mehnat qonunlari kodeksi»;
Texnika xavfsizligiga oid me’yorlar, qoidalar, standartlar va yo’riqnomalar.
Mehnatni muxofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada o’z aksini topgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, IX bobi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiv huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bo’lib, 36-moddada «Har bir inson qonunda ko’rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, qulay sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deb ko’rsatib o’tilgan. Ushbu bobning 37-moddasida «Barcha ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadir, Ish vaqti va haq to’lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi». 38-moddada esa «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek, boquvchisini yo’qotganda va boshqa xollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egadir. Bunday nafaqalar va ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori tirikchilik uchun zarur bo’lgan maoshning eng kam miqdoridan oz bo’lishi mumkin emas» deb o’tilgan. Konstitutsiyaning 39-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb belgilangan. Bu moddada tibbiyot xizmati bo’yicha hech bir cheklanishlar yo’qligi, bunda turli - tuman tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi, jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o’z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo’lishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga keladi, natijada axoli malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.


18. Mehnat muhofazasiga oid tadbirlarni rejalashtirish.

Mehnat muxofazasiga oid hamma ishlar oldindan tuzilgan reja asosida amalga oshiriiadi. Buning uchun mehnatni muxofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari rejasi tuzilishi kerak. Nomenklatura chora-tadbirlari rejasi kasaba-uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan xolda korxona ma’muriyati tomonidan tuziladi. Unda ushbu korxonada mehnat sharoiti, kasb kasalliklari va o’z korxonasiga inson organizmga ta’sir qiluvchi zaharli omillarning mavjudligi asos qilib olinadi. Nomenklatura chora-tadbirlari rejasiga bajarilishi lozim bo’lgan, ish sharoitini yaxshilashga olib keladigan chora-tadbirlar kiritilishi lozim. Ular quyidagicha bo’lishi lozim:


1.Baxtsiz xodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar. Bunga qo’shimcha himoyalovchi va muxofaza qiluvchi to’siq qurilmalarni o’rnatish, muxofaza qilishning avtomatik turkumlarini qo’llash, masofadan turib boshqariladigan asboblarni joriy qilish, ogohlantirish tizimlari, jarayonlarni mexanizatsiyalash va boshqalar kiradi.
2.Kasb kasalliklarini kamaytiradigan chora-tadbirlar. Bunga ishchilarga har xil zararli ta’sir qiladigan moddalardan muxofaza qiluvchi moddalar hamda moslamalar tayyorlash va qo’llash, havo almashtirish tizimlarini o’rnatish, eski turlarini qayta jixozlash, zamonaviy ishlab chiqarish jixoz-dastgohlardan foydalanish, havo haroratini, tarkibini kuzatadigan asboblarni o’rnatish va boshqalar misol bo’ladi.
3.Ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bunga ish joylarini yoritish, sanitariya-maishiy xizmat ko’rsatish xonalari xolatini yaxshilash, maxsus kiyim, bosh va oyoq kiyimlari bilan o’z vaqtida ta’minlash, mehnatni muxofaza qilish xonalarini, ko’rgazmali qurollarni tashkil qilish va boshqalar kiradi. Nomenklatura chora-tadbirlari ishlovchilarning ish bitimiga kiritilganligi va ishchilarning umumiy majlisida tasdiqlanganligi sababli, bu tadbirlar korxona ma’muriyati tomonidan bajarilishi shart hisoblanib, uning bajarilishi haqida ma’muriyat ishchilarga axborot berib turishi kerak. Nomenklatura chora-tadbirlariga sarflanadigan mablag’ korxonaning asosiy fondidan ajratilib, bu mablag’lar faqat shu sohalarga ishlatilishi lozim.



Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin