1. ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ta’lim- tarbiya Yunon va rim faylasuflarining pedagoglar hamda ularning notiqlik san’ati to’g’risidagi g’oyalari


Mavzu yuzasidan savollar va topshiriqlar



Yüklə 295,1 Kb.
səhifə9/17
tarix26.11.2023
ölçüsü295,1 Kb.
#134861
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Reja ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ta’lim- tarbiya-fayllar.org

Mavzu yuzasidan savollar va topshiriqlar:
1. Islom dini O’rta Osiyoga nechanchi asrlarda kirib keldi?
2. Islom dinini O’rta Osiyo xalqlari qanday qabul qildi?
3. Islom dinini yoyilishida paydo bo’lgan to’siqlar?
4. Din ta’lim tarbiyaga qanday ta’sir ko’rsatdi?
5. Hadis ilmining paydo bo’lish tarixi.
6. Imom al – Buxoriy kim?
7. Sharqda birinchi uyg’onish davri haqida gapirib bering.
8. Forobiyning uyg’onish davriga qo’shgan hissasi.


17-MAVZU: Sharq uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq uyg’onish davrida ta’rixiy-axloqiy fikrlar rivoji. XV asrning ikkinchi yarimi va XVI asrda Movarounahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji
Reja:
1. Amir Temur va Temuriylar davrida talim-tarbiya rivoji.
2. Abdurahmon Jomiyning ta’limiy – axloqiy merosi.
3. Alisher Navoiy ta’lim – tarbiya haqida
4. Dovoniyning ilm-fan taraqqiyotida tutgan o’rni.
Tayanch so’z va iboralar
Ko’ragon, Sohibqiron, Qutbiddin, Abdulmansur, tavsir, hadis, fiqh, mudarris, « Temur tuzuklari», «Molfuzoti Temuriy», «Haft yak», «Chor kitob», madrasa, «Zafarnoma», To’xtamishxon. Jom, Hirot, Huroson, Makka, «Tuhfat ul-ahror», «Sabhatul abror», Mashhad, «Foniy», «Mahbub ul-qulub», «Ixlosiya», Iroq, Hindiston, «Risolat ul-Mufradot», «Risola dar ul-nafs», «Axloqiy Jaloliy».
Amir Temur Ko’ragon ibn Amir Tarag’ay 1336 yilning 9 aprelida o’sha paytdagi Kesh (Shaxrisabz)ga qarashli Xojailg’or qishlog’ida tavallud topdi. Otasi Tarag’ay o’ziga to’q, badavlat kishi edi. Temurning onasi Tegina Begim Buxorolik taniqli olim Ubaydullohning qizi bo’lgan. Temur shaxsi masalasi uzoq yillar davomida mann qilinganligi natijasida nafaqat Temur tarixi, balki O’rta Osiyoning XIV – XV asrlardagi tarixi, madaniyati, maorifi masalalari deyarli o’rganilmay qoldi.

«Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirilib, unitishga mahkum etildi. Maqsad, xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy qurur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin O’zbek xalqi o’z ajdodlarini, o’z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to’rida saqladi».


Mashhur muharrirlar o’z asarlarida Amir Tumur ismiga Ko’ragon, Sohibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlar qo’shib, uni e’zozlab, ulug’lab rivoyat va xotiralar bitganlar. («Ko’ragon» so’zi – xon kuyovi ma’nosini bildiradi, «Sohibqiron» «Yulduz burjlarining baxtli kelishi (Qiron)»da tug’ilgan farzand) demaklir. Qutbiddin – zamona peshvosi, yo’l ko’rsatuvchi avliyo, «Abulmansur» unvoni esa – zafarmand, g’alaba qozonuvchi degan lug’aviy ma’nolarni bildiradi).
Temur bilim olishni yetti yoshdan boshlaydi. U bolalik va o’smirlik yillari haqida shunday deydi, «Men 9 yoshga to’lganimda namoz o’qiy boshladim va madrasadagi barcha o’quvchilardan ustun bo’lib oldi. 12 yoshimda bolalar bilan o’ynashga orlandim va vaqtimni o’z tengdoshlarim hamda o’spirinlar bilan o’tkazardim», deydi. U Yana «Yetti yoshimdan yetmish yoshimgacha va umr bo’yi men kambag’allarga ehson qilar edim. Bir marta kiygan kiyimimni ikkinchi qayta kiymas edim va uni yo’qsillarga hadiya qilardim. Men qudratga erishganimda bolalikdagi yoru do’stlarimning hammasini katta mansablarga ko’tardim. Har kuni qo’y so’yib va har bir qo’y tanasini yettiga bo’lib kambag’allarga ulashdim. Payg’ambar avlodlariga, olimlar va keksalarga nisbatan buyuk hurmat hamda ehtirom bilan munosabatda bo’ldim, ularga nafaqa tayinladim, bu mamlakatning badavlat kishilari og’a-inimdek, yetim-yesir va kambag’allar esa bolalarimdek bo’lib qoldi. Hammaga yaxshilik qildim. Har bir shaharda masjidlar, madrasalar qurishni daryolar ustiga ko’priklar qurishni buyurdim. Musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: Tafsir hadis, fikxdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim». Bundan ko’rinadiki, Amir Temur odob-axloq, iymon e’tiqod, ta’lim-tarbiya sohasida mukammal bilimga ega bo’lgan buyuk siymolardandir.
U o’zi yozgan va Temur haqida yozilgan «Tuzuki Temuriy» (Temur tuzuklari), «Malfizoti Temuriy» (Temuriyning aytganlari) va «Voqioti Temuriy» (Temurning boshidan kechirganlari) kabi asarlarda ta’lim-tarbiya haqida fikr yuritadi.
Amir Temur quyidagi sifatlarga amal qilgan:
1-sifat: «men sifatlarimning eng avali deb beg’arazlikni tushundim. Hammaga ham bir xil jiddiy va odil qaradim, boyni kambag’allardan ustun qo’ymadim».
2-sifat: «men har doim islomga qat’iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan shug’ullangan shaxslarga hurmat bilan qarardim».
3-sifat: «men kambag’allarga ko’p xayri-ehson qildim…».
4-sifat: «xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf yetkazdim. Bunda birovga nohaq ozor yetkazdim va mendan yordam so’rab kelganlarni ko’kragidan itarmadim».
5-sifat: «islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik itoatni ado etib bo’lganimdan keyingina kundalik ishlarga qo’l urdim».
6-sifat: «barcha so’zlarimda doimo haqiqatgo’ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo haqidagi eshitganlarimdagi haqiqatni yolg’ondan ajrata bildim».
7-sifat: «men har kimgaki, va’da bersam, unga vafo qildim».
8-sifat: «doimo o’zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigorning izsmisiz uni sarf etmadim».
9-sifat: «men har doim tangrining amrini va uning payg’ambar Muhammad alayxisalomning hadislarini to’la ado etishga intildim».
10-sifat: «men har doim insof bayrog’ini baland ko’tardim va iymon tarqatishni o’z buyukligimning qudratli zamini deb bildim».
11-sifat: «men doim saidlarga ehtirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e’zozlardim».
Shunday qilib, sohibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlarining kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlari asosiga qurilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu o’gitlar xalqlarning bir maqsad sari birlashtirgan jipslashtirgan, sehrli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan durdona – pedagogikadir. Bu pedagogika buyuk Sohibqironning davlatni boshqarish va uni idora qilish, g’olibona harbiy yurishlar qilish, mamlakatda osoyishtalik o’rnatish, Fan va madaniyatni rivojlantirish, xalqlar o’rtasida do’stlik, mehr-shavqat, odamiylik va axloq-odobni tarbiyalash kabi muammolarni hal qilishga bag’ishlangandir.
Amir Temur zamonasida o’g’il bolalar uchun diniy bilim beradigan maktablar ko’p bo’lib, masjidlarda va xususiy uylarda o’qimishli kishilar, domla-imomlar tomonidan ochilgan.
Maktablarda arab alifbosida savod chiqarilgan «Haftiyak» kitobi o’qitilgan. «Haftiyak»da ko’proq diniy marosimlarda o’qiladigan suralar berilgan. Uni o’rganishga 2-3 yil vaqt ketgan. «Haftiyak»dan so’ng «Chor kitob», So’fiy Ollayorning hikmatlari o’qitilgan. Maktab muayyan o’quv dasturiga esa bo’lmagan. O’quvchilar yakka tartibda o’qitilgan. Maktab muayyan o’quv dasturiga ega bo’lmagan. O’quvchilar yakka tartibda o’qitilgan. Maktabga qabul qilishning aniq vaqti ham bo’lmagan.
Temur va temuriylar vhdavrida Movarounnahrda ibtidoiy diniy maktablardan tashqari, shahzodalar, xonzodalar, bekzodalar va yirik amaldorlarning bolalari uchun saroylar va xonadonlarda alohida savod maktablari ham tashkil etilgan. Bunday maktablar podsho xonadoni uchun maxsus qissaxon deyilar edi.
Shahzodalar va malikalar Temurning boy kutubxonasida mutolaa qilishgan. U kutubxonalarda barcha fanlarga oid kitoblar bo’lgan.
Amir Temur davrida madrasalar oliy o’quv yurti vazifasini o’tgan. Ular diniy va keyinchalik dunyoviy bilimlar o’chog’i bo’lgan. Ko’plab madrasalar qurilgan.
Tarixchi Sharofiddikn Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida yozilishicha Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat va mamlakat fuqarosining g’amxo’ri bo’lganligidir. Uning qoidasi «Rosti-durusti» edi.
Amir Temur o’git-nasihatlarida axloqqa oid gaplar juda ko’pdir.
1. Adolat va adolatsizlik haqida: «Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu-sitam yo’lini to’sdim. Qaysi mamlakatni zabt etgan yoki qo’shib olgan bo’lsam, o’sha yerni obro’-e’tiborini, kishilarini aziz tutdim, sayidlari, ulamolari, fuqaro va mashoyixiga ta’zim bajo keltirdim va hurmatladim, ularga vazifalar berib, maoshlarini belgiladim. O’sha viloyatlarning ulug’lari щg’a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini bo’lsa o’z farzandlarimdek ko’rdim», - deydi.
Shuningdek, u ish va so’z birligini xush ko’rar edi.
Amir Temur do’stigasodiq edi. U Imom Baroka vafot etganda yig’lab ko’z yoshi to’kkan. «Shiddatli kishilarni do’st tut, chunki tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi», deb Yana do’st-dushmandan kimki menga iltjo qilib kelgudek bo’lsa, do’stlarga shunday munosabatda bo’ldimki do’stligi yanada ortdi, dushmanlarga shunday muomalada bo’ldimki, ularning dushmanligi do’stlikka aylandi.
Amir Temurning o’zi To’xtamishxon uning panohiga sig’inib kelganda unga yaxshilik va muruvvat ko’rsatgan. Amir Temur «Hyech kimga g’azab bilan qattiq muomala qilmadim», deb yozadi o’z tuzuklarida. U shirin so’z aytib g’animni imonga kiritgan. «Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar», deb ta’kidlardi Sohibqiron.
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmidan XVII asrgacha bo’lgan davr Movarounnahrda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy yuksalish dari bo’ldi. Markazlashgan davlatning asoschisi Amir Temur o’z imperiyasini tuzib, uning iqtisodiy va madaniy qudratini yuksaklikka ko’tardi. Uni Ovro’pa va Sharqda eng qudratli davlatga aylantirishga erishdi.

Yüklə 295,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin