Reja ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ta’lim- tarbiya-fayllar.org
Abu Nasr Forobiy (873-950) O’rta asr ijtimoiy – falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Farobiy nomi bilan bog’liq buo’lib, uning inson kamoloti hakidagi ta’limoti ta’lim – tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o’z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Farobiyni yirik mutafakkir – «Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.
Abu Nasr Farobiy (tuliq nomi Abu Nasr Mussami ad ibn Muxammad ibn Uzalik ibn Tarxon al – Farobiy) hijriy 260 yil (milodiy 873 yil) da Shosh – Toshkentga yakin Farob (utror) – degan joyda harbiy xizmatchi oilasida tug’ilgan. Farobda boshlang’ich ta’limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqandda ta’lim olganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin Arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bog’dodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yig’ilganligi, uning yirik ilmiy markazga aylanganligi tufayli Farobiy ham ilm olish istagida Bog’dodga jo’naydi. Bog’dodda Farobiy O’rta asr fanini, turli fan sohalarini o’rganadi. Masalan, unga yunon tilidan Abu Bashar Matta (Matta ibn Yunus), tibbiyot va mantiqdan Yuxanna ibn Xaylon (Jilon) ta’lim bergan. Umuman, Farobiy Bog’dodda matematika, tibbiyot, mantiq, ilmi nujum, musiqa, tabiat, tilshunoslik, poetika bilan shug’ullandi, turli tillarni o’rgandi.
Farobiy «Baxt saodatga erishuv tug’risida» asarida bilimlarni o’rganish, tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilim zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarini o’rganish lozim. Undan so’ng umuman, jonli tabiat – o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm urganiladi, deydi.
Farobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi, u boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo’ladi deb hisoblaydi.
Bunga Farobiy ta’lim – tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham ahloqiy jihatdan kamolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun – qoidalarni tug’ri bilib oladi va hayotga to’g’ri yo’l tutadi, boshqalar bilan tug’ri munosabatda bo’ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi.
Demak Farobiy ta’lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Farobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan odam sanaladi. Ta’lim – degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma’lum hunarni, egallash uchun zarur bo’lgan, xulq normalarini va amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim.
«Abu Nasr Farobiy yana aytadi: - «Ta’lim – degan xalqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o’rtasidagi turfa fazilat va amal kasb – hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir.
Ta’lim fakat so’z va urgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya va amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq shu millatning amaliy malakalardan iborat bulgan ish harakat, kasb – hunarga berilgan bo’lishi o’rganishidir», - deydi.