1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]



Yüklə 80,06 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü80,06 Kb.
#140718
1   2
O‘RQ-177 12.09.2008 (1)

Milliy muzey fondi — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari majmui;
Milliy muzey fondining Davlat katalogi — Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan har bir muzey ashyosi va har bir muzey kolleksiyasi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hisobga olish hujjati;
muzey — muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi notijorat madaniyat muassasasi;
muzey ashyosi — sifati yoki alohida belgilari jamiyat manfaatlari uchun saqlash, o‘rganish va ommaga namoyish etish zaruratini taqozo etuvchi madaniy boylik;
muzey kolleksiyasi — o‘z kelib chiqish xususiyati yoki shaklan yaqinligi tufayli yoxud boshqa belgilari bo‘yicha birlashtirilgandagina muzey ashyosi xususiyatiga ega bo‘ladigan madaniy boyliklar majmui;
saqlash — muzeyning muzey ashyosi va muzey kolleksiyasi but saqlanishini ta’minlash uchun moddiy va huquqiy sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi faoliyat turi;
e’lon qilish — muzeyning muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini omma oldida namoyish etish, bosma nashrlarda, elektron va boshqa turdagi jismlarda takrorlash orqali jamiyatga taqdim etishning barcha shakllarini nazarda tutuvchi faoliyat turi.
2-bob. Muzeylarni boshqarish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, takomillashtirishga doir dasturlar va qarorlar qabul qiladi;
muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
davlat muzeylarining toifalarini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat muzeylarining toifalari to‘g‘risida”gi nizom.
Milliy muzey fondi to‘g‘risidagi va Milliy muzey fondining Davlat katalogi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-oktabrdagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan “Milliy muzey fondi to‘g‘risida”gi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Milliy muzey fondining Davlat katalogi to‘g‘risida”gi nizom.
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibiga kiritish hamda uning tarkibidan chiqarish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibiga kiritish hamda uning tarkibidan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish hamda saqlash tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-oktabrdagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan “Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va saqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom
Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini boshqarish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini boshqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
muzey mutaxassislarini tayyorlash hamda muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Muzey mutaxassislarini tayyorlash, muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(4-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari
(5-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
(5-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Milliy muzey fondining Davlat katalogini yuritadi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda Milliy muzey fondi tarkibiga kiritadi hamda uning tarkibidan chiqaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazganlik haqidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi;
(5-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(5-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi to‘g‘risida”gi nizom.
6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda o‘z hududida joylashgan muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishini ta’minlaydi;
o‘z hududidagi davlat muzeylarini moliyalashtirish miqdorini o‘z vakolatlari doirasida belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(6-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
3-bob. Milliy muzey fondi
7-modda. Milliy muzey fondining tarkibi
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari O‘zbekiston xalqi madaniy merosining ajralmas qismidir.
Milliy muzey fondi Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismidan va davlatga tegishli bo‘lmagan qismidan iboratdir.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining fuqarolik muomalasiga faqat ushbu Qonunda belgilangan cheklashlarga rioya etilgan holda yo‘l qo‘yiladi.
8-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibiga kiritish
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibiga kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari Milliy muzey fondining Davlat katalogida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hisoblanadi.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari — mulkdoriga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
9-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibidan chiqarish
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibidan chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tegishli fakt Milliy muzey fondining Davlat katalogida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari Milliy muzey fondi tarkibidan chiqarilgan hisoblanadi.
10-modda. Milliy muzey fondining Davlat katalogini yuritish
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondining Davlat katalogini yuritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga bo‘lgan fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari, shu jumladan mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish mazkur harakatlar Milliy muzey fondining Davlat katalogida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.
11-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish
[OKOZ:

1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.06.00 Madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha olib chiqish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining fuqarolik muomalasi xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari faqat O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xabardor qilingandan keyin tasarrufdan chiqarilishi yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi mumkin.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey kolleksiyasi bo‘linmasdir.
13-modda. Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga bo‘lgan mulk shakllari
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari xususiy hamda ommaviy mulk shakllarida bo‘lishi mumkin.
4-bob. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi
14-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibi
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga, kimning egaligida turganligidan qat’i nazar, davlat mulki bo‘lgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muzeylari, boshqa davlat muassasalari tomonidan muassislar mablag‘lari yoki o‘z mablag‘lari yoxud boshqa mablag‘lar hisobidan olinadigan, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usulda olinadigan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiradi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish mumkin emas, ularning yo‘qolishi, yemirilishi yoki boshqa muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga ayirboshlanishi hollari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tasarrufdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
16-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolarini va muzey kolleksiyalarini boshqarish
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari operativ boshqarish huquqi asosida davlat muzeylariga, boshqa davlat muassasalariga biriktirib qo‘yiladi.
Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini operativ boshqarish topshirilgan davlat muzeylari, boshqa davlat muassasalari:
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining jisman but saqlanishi hamda xavfsizligini;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari bilan bog‘liq hisobga olish hujjatlarining — yuritilishi hamda but saqlanishini;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalaridan ilmiy, madaniy, ma’rifiy hamda ta’lim — maqsadlarida foydalanilishini ta’minlashi shart.
17-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi holati ustidan davlat nazorati
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi holati ustidan davlat nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi holatini hamda ularni saqlash sharoitlarini tekshirish;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari haqida Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan so‘rovnomalar yo‘llash hamda axborot olish.
5-bob. Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi
18-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibi
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan xususiy mulk bo‘lgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari kiradi.
19-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritish
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritish belgilangan tartibda ularning mulkdori arizasi asosida amalga oshiriladi.
20-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibidan chiqarish
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari yo‘qolgan yoki yemirilgan hollarda ularni Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibidan chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish hamda saqlash
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish hamda saqlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi holati ustidan davlat nazorati
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi holati ustidan davlat nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi holatini hamda ularni saqlash sharoitlarini tekshirish;
nodavlat muzeylariga biriktirib qo‘yilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mulkdori oldiga ularni saqlash joyini o‘zgartirish yoki ularni tasarrufdan chiqarish to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari haqida Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan so‘rovnomalar yo‘llash hamda axborot olish.
23-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga oid bitimlar
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari bo‘yicha oldi-sotdi yoki hadya bitimlari tuzilganda sotib oluvchi yoki hadya oluvchi ushbu ashyolar va kolleksiyalarga nisbatan sotuvchi yoxud hadya qiluvchida bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi shart. Mazkur ashyolar va kolleksiyalarning oldi-sotdisida davlat imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari vasiyat yoki qonunga binoan meros qilib olinganda merosxo‘r ushbu ashyolar va kolleksiyalarga nisbatan meros qoldiruvchida bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi shart. Bu majburiyatlardan bosh tortgan taqdirda, merosxo‘r mazkur muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarda sotishi yoki boshqa bitim tuzishi mumkin. Bu holda davlat imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar sotib oluvchi, hadya oluvchi yoki merosxo‘r Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga nisbatan o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlamasa, davlat ushbu ashyolar va kolleksiyalarni qonunchilikka muvofiq haqini to‘lab olishni amalga oshirish huquqiga ega.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga oid ushbu moddada nazarda tutilgan bitimlar Milliy muzey fondining Davlat katalogida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran tuzilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini davlat tomonidan imtiyozli sotib olish huquqi yoki haqini to‘lab olish huquqini ro‘yobga chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yoki uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
6-bob. Muzeylarni tashkil etish
24-modda. Muzeylarni tashkil etish maqsadlari
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Muzeylar quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini aniqlash hamda to‘plash;
madaniy, ma’rifiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini o‘rganish;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini e’lon qilish.
Muzeylarni ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganidan tashqari boshqa maqsadlar uchun tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
25-modda. Muzeylarni tashkil etish shartlari
Muzeylarni tashkil etish uchun quyidagi shartlar majburiydir:
muzey tematikasiga muvofiq muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mavjudligi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash hamda ommaga namoyish etish talablariga javob beradigan moddiy-texnik bazaning, shu jumladan bino (xona yoki xonalar), zarur ko‘rgazma jihozlari, muhofaza vositalari hamda yong‘inga qarshi vositalarning mavjudligi;
muzey faoliyatini ta’minlash uchun zarur moliyaviy mablag‘larning mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muzey-qo‘riqxonalarni tashkil etish uchun qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha shartlar belgilanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
26-modda. Muzeylarning turlari va toifalari
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Mulk shakliga ko‘ra davlat va nodavlat muzeylari tashkil etilishi mumkin.
Ixtisoslashuviga ko‘ra muzeylar:
asosiy faoliyati muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etishdan iborat bo‘lgan muzeylarga;
Oldingi tahrirga qarang.
asosiy faoliyati tarixiy-madaniy qo‘riqxona va u bilan bog‘liq tabiiy landshaft tarkibiga kiradigan moddiy madaniy meros obyektlarini, shuningdek muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etishdan iborat bo‘lgan muzey-qo‘riqxonalarga bo‘linadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Davlat muzeylari ahamiyatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan toifalarga bo‘linadi.
27-modda. Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Muzeylar qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 42, 49, 50 va 53-moddalari hamda Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
271-modda. Muzeylarning faoliyat turlari
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Muzeylar qonunchilikda taqiqlanmagan hamda ushbu Qonunning 24-moddasida nazarda tutilgan muzeylarni tashkil etish maqsadlariga mos bo‘lgan faoliyat turlarini o‘z ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi mumkin. Bunda muzeylar tomonidan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi ta’minlanishi kerak.
(271-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-noyabrdagi O‘RQ-732-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 03/21/732/1098-son)
28-modda. Muzeylarni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Davlat muzeylarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Nodavlat muzeylarini moliyalashtirish ularning mulkdori mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat muzeyi joylashgan bino boshqa tashkilotlarga berilgan taqdirda ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilgan davlat organi davlat muzeyini teng qiymatdagi bino bilan ta’minlashi hamda mazkur muzeyning muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini, shuningdek ko‘rgazma jihozlarini ko‘chirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muzeylariga pulli xizmatlar ko‘rsatishdan, xayriyalardan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushadigan mablag‘lar kelgusi yil uchun budjetdan moliyalashtirish hajmini belgilashda hisobga olinmaydi va ushbu mablag‘lar hisobiga budjetdan moliyalashtirish miqdori kamaytirilmaydi. Bunda ko‘rsatilgan mablag‘lardan davlat muzeylarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-noyabrdagi O‘RQ-732-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 03/21/732/1098-son)
29-modda. Muzeylarga beriladigan imtiyozlar
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Muzeylar uchun imtiyozlar qonunchilikka muvofiq beriladi.
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
30-modda. Muzeylarning xalqaro hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati;

2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]

Muzeylarning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyati qonunchilik va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-bob. Milliy muzey fondining ochiqligini ta’minlash
31-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari fuqarolar kirib ko‘rishi uchun ochiqdir.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish quyidagi asoslarga ko‘ra cheklanishi mumkin:
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanish holati qoniqarsiz bo‘lganda;
restavratsiya ishlari amalga oshirilayotganda;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari muzey zaxiraxonasida bo‘lganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda, shu jumladan muzey zaxiraxonasida turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish tartibi va shartlari qonunchilikda belgilanadi.
(31-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
32-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini e’lon qilish
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini birinchi marta e’lon qilish huquqi mulkdor tomonidan mazkur muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari biriktirib qo‘yilgan muzeyga tegishlidir.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini takrorlashdan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqlarining boshqa shaxsga o‘tkazilishi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mulkdori belgilagan tartibda muzeylar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari, muzeylarning binolari, muzeylar hududida joylashgan obyektlar tasvirlaridan foydalangan holda tasviriy, bosma, yodgorlik va boshqa adadli mahsulotlarni hamda xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish, muzeylarning nomlari va ramziy belgilaridan foydalanish qonunchilikka muvofiq muzeylar ma’muriyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
33-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

Muzeylarning tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(33-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34-modda. Muzeylar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Muzeylar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(35-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
36-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2008-yil 13-sentabrdagi 181 (4591)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-sentabr,
O‘RQ-177-son


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 364-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 26.11.2021-y., 03/21/732/1098-son)

Yüklə 80,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin