1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]



Yüklə 70,63 Kb.
səhifə2/3
tarix02.12.2023
ölçüsü70,63 Kb.
#137568
1   2   3
BALANDLIKDA ISHLAGANDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARI 1890 24

RO‘YXATI
1. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari:
1.1. Havo kemasining planer, dvigatel, yoqilg‘i va boshqa yuqorida joylashgan tizimlariga, ularning aviatsion va radioelektron uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
1.2. Havo kemalariga kema ustida turib yoqilg‘i moy mahsulotlarini quyish;
1.3. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlarini (qo‘l yordamida) yuvib chiqish;
1.4. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlarini (qo‘l yordamida) lak-bo‘yoq bilan bo‘yash (qoplash);
1.5. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlaridan lak-bo‘yoq qoplamlarini qirib va tozalab yuvish;
1.6. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlarida chilangarlik-yig‘uv ishlarini olib borish;
1.7. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlarida payvandlash (uzellar va detallardagi yoriqlarni payvandlash) ishlarini olib borish;
1.8. Havo kemasining bagaj bo‘limlari, kabinalari jipsligini (germetikligini) tekshirish bo‘yicha bajariladigan ishlar;
1.9. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlaridan muz qoplamlarini (qo‘l yordamida) olib tashlash.
2. Yuklash-tushirish ishlari (pochta, bagaj, ballast, konteynyerlardagi aviadvigatellar, bort taomlari, bort jihozlari va boshqa yuklarni ortish va tushirish).
3. Ta’mirlash-qurilish va qurilish-montaj ishlari:
3.1. Beton ishlari;
3.2. Ventilatsiya ishlari (ventilatsiya tizimlarini montaj qilish, sozlash va ta’mirlash ishlarida);
3.3. Yuqorida bajariladigan ishlar (ta’mirlash-qurilish va qurilish-montaj ishlari uchun havozalarni qurish, demontaj va yig‘ish ishlari);
3.4. Yerdagi ishlar (xandaq, kotlovan, o‘ralarning tuprog‘ini shibbalash);
3.5. Izolatsiya ishlari;
3.6. Tosh ishlari;
3.7. Tom yopish ishlari;
3.8. Montaj ishlari (temir-beton konstruksiyalarining montaj va demontaj, metallkonstruksiyalarining montaj va demontaj, yorug‘lik-signal (machta) uskunalarini montaj va demontaj, elektr uskunalarining montaj va demontaj);
3.9. Bo‘yoqchilik ishlari (bino va inshootlarni bo‘yashda);
3.10. Qoplash ishlari;
3.11. Yuklash-tushirish ishlari (qurilish materiallari, quvur, taxta materiallarni ilib tushirishda);
3.12. Duradgorlik ishlari;
3.13. Ishga tushirish-sozlash ishlari;
3.14. Chuqurligi 1,5 m.dan ortiq bo‘lgan o‘ralar, xandaq va kotlovanlarning chetida hamda 1,5 m. dan ortiq tepaliklarda olib boriladigan ishlar;
3.15. Balandligi 1,5 m. dan ortiq bo‘lgan tikka joylashgan sig‘imlarda olib boriladigan ishlar;
3.16. Mashina va mexanizmlarni qo‘llash bilan bog‘liq qurilish-montaj ishlari;
3.17.Sanitar-texnik ishlar (tashqi sanitar-texnik tarmoqlarning montaji bo‘yicha);
3.18. Payvandlash ishlari (bino va inshootlarni plita, to‘siq, kolonna, to‘sin, rigellarini montaj qilishda);
3.19. Deraza o‘rni, vitraj, fonarlarga oyna qo‘yish bo‘yicha ishlarni olib borish;
3.20. Radiotelevizion markazlarning yong‘in-muhofaza qurilmalari signalizatsiyasi bo‘yicha va qabul qiluvchi hamda uzatuvchi antenna-machta inshootlarini o‘rnatish bo‘yicha maxsus ishlar;
3.21. Radioelektron uskunalar, elektr qurilmalar, elektr tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha ishlar;
3.22. Suvoqchilik ishlari;
3.23. Elektr montaj ishlari;
3.24. Vitraj, fonar derazalarni yuvish bo‘yicha ishlar.
4. Vertikal joylashgan 1,5 m.dan ortiq balandlikdagi neft mahsulotlari, shuningdek, portlovchi va zaharli moddalarning sig‘imlari ichida ta’mirlash, tozalash va tekshirish bo‘yicha ishlar.
5. Quyidagi yuk ko‘tarish mashinalari, yuk ilib olish moslamalari va uskunalarining yuqori joylashgan qismi va konstruksiyalariga texnik xizmat ko‘rsatish:
5.1. Kran-blok;
5.2. Telfer;
5.3. Avtokran;
5.4. Oyoqli kranlar;
5.5. Ko‘prikli kran;
5.6. Minorali kran.
6. Yorug‘lik-signal tizimlari, radio maxsus uskunalari, yoritish machtalari va elektr uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash.
Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
2-ILOVA
Narvon yon yog‘ochlari kesimining narvon uzunligiga tavsiya qilinayotgan nisbati

Narvonning uzunligi, metrda

5,0 m.

4,0 m.

3,0 m.

2,0 m.

Narvon yon yog‘ochining kesimi, mm. da

80 x 30 mm.

70 x 30 mm.

60 x 30 mm.

50 x 30 mm.

Izoh: bunda narvonning uzunligi 5,0 m. bo‘lganda narvon yon yog‘ochining kesimi 80 x 30 mm.ga, 4,0 m. bo‘lganda 70 x 30 mm.ga, 3,0 m. bo‘lganda 60 x 30 mm.ga hamda 2,0 m. bo‘lganda 50 x 30 mm.ga teng bo‘ladi.
Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
3-ILOVA
Narvon va narvonchalarning hisobga olish va sinov jurnalining shakli


Yüklə 70,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin