[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT
QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI
VAZIRLIGINING
Qarori
Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3112]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021-yil 18-iyundagi 22-mh-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 9-mh-sonli ““Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3112-1, 23.06.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligi qaror qiladi:
1. Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.
TAShKENBAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-dekabr,
9-mh-son
Xalq ta’limi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-dekabr,
14-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining 2018-yil 17-dekabrdagi 9-mh va 14-mh-son
qaroriga
ILOVA
Umumta’lim muassasalarining
faoliyati samaradorligini