1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə12/13
tarix03.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#137991
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
PF-79 26.05.2023

(X. Umarova),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

25.

O‘quvchilarni IT sohasiga doir kasblarga yo‘naltirish va ularning bilimini oshirish ishlarini samarali tashkil etish

1. “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat tashkiloti bilan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarni IT sohasiga doir kasblarga yo‘naltirish va ularning bilimini oshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
2. “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat tashkilotini loyihalarni amalga oshirish uchun Respublika ta’lim markazi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.
3. Hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish uchun Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasidan zarur mablag‘lar ajratib borish.

2023-yil 1-iyul

Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova)

26.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlashni yaxshilash.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yangi “New Education” tarif rejasini Iqtisodiyot va moliya vazirligida deklaratsiyadan o‘tkazishni ta’minlash.
Bunda:
2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarida “New Education” tarif rejasi joriy etilishi;
ta’lim muassasalaridagi bolalar sonidan kelib chiqib, “New Education” tarif rejasi internet tezligi hajmlarini belgilash;
ta’lim muassasalarida 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lganlarda — kamida 100 Mbit/s bo‘lishini ta’minlash;
“New Education” tarif rejasining har bir tezlikdagi paketi uchun har oylik abonent to‘lovi miqdorlarini belgilash va bunda ta’lim tashkilotlari tomonidan internet xizmatlaridan tungi vaqtda foydalanilmasligi inobatga olinadi.

2023-yil 1-sentabr

Mahalliy budjet mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova)

27.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari filiallarini maqbullashtirish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining filiallarini xatlovdan o‘tkazish va xatlov natijalariga ko‘ra:
filiallari tugatilib, negizida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tashkil etiladigan;
filiallari tugatilib, o‘quvchi va pedagog kadrlari asosiy yoki yaqin joylashgan boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan;
filiallari saqlanib qoladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil 1-oktabr

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova)

2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tugatiladigan filiallari negizida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini tashkil etish.

2024-yil 1-yanvar

28.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 14 ta sog‘lomlashtirish oromgohining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Bunda:
iqtidorli bolalar uchun “Mehribonlik” uylari respublika sog‘lomlashtirish oromgohini qayta tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini yaxshilash;
hududlardagi oromgohlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, faoliyatini samarali tashkil etish nazarda tutiladi.

2023-yil 1-sentabr

Investitsiya dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
(B. Zakirov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

29.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatini takomillashtirish.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Bunda:
xususiy sektorni jalb qilish orqali “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “STEAM-ta’lim” dasturi asosida laboratoriyalar tashkil etish va to‘garak a’zolari sonini oshirish;
respublika va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan xalqaro tadbirlarda g‘olib bo‘lgan to‘garak a’zolarini rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

2023-yil 1-dekabr

Respublika va mahalliy budjet mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazi�lar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Izoh: normativ-huquqiy hujjat loyihalari tartibga solish predmetidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq bandlar birlashtirilganda, ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga
7-ILOVA
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlarning xususiy sektorga o‘tkaziladigan funksiyalari
RO‘YXATI


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin