Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xalqaro talablar asosidagi xorijiy darsliklarni joriy qilish.
1. NACNETTE LIVRE GROUP guruhining “Passe-Passe”, “Décibel” va “L'atelier” darsliklarini xarid qilish va amaliyotga joriy qilish.
2. Kembridj nashriyotining “ICT Starters”, “IGCSE ICT” va “International AS and A Level IT” darsliklarini chop etish.
2024-yil 1-yanvar
Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova)
6.
Maktabgacha va boshlang‘ich maktab ta’limi uzviyligini ta’minlash maqsadida “6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi” maxsus elektron platformasini joriy qilish.
1. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi” maxsus elektron platformasini joriy qilish.
2023-yil 1-dekabr
Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov)
2. Platformani umumiy o‘rta ta’limning “my.maktab.uz” elektron platformasi bilan integratsiya qilish.
2024-yil 1-mart
7.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan milliy elektron resurslar va multimedia mahsulotlarini yaratish.
1. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida ta’limiy va tarbiyaviy mazmundagi milliy elektron resurslar va multimedia mahsulotlarini yaratish.
2. Yaratilgan elektron resurslar va multimedia mahsulotlaridan pedagog kadrlar, tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari tomonidan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
2024-yil 1-dekabr
Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova)
8.
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari rahbar, uslubchi va pedagog kadrlarining malaka talablarini takomillashtirish.
1. Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari rahbar, uslubchi va pedagog kadrlarining malaka talablarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish.