Vazirlar Mahkamasining qarori.
Qarorda quyidagilarni nazarda tutish:
xalq ta’limi tizimida kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik xizmat ko‘rsatish mexanizmini yanada takomillashtirish, ilg‘or tajribalarga asoslangan �asb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish;
inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda bolalar, ota-onalar va pedagogik xodimlarga ijtimoiy-psixologik xizmatlar ko‘rsatish orqali bolalar uchun xavfsiz inklyuziv o‘quv muhitini yaratish;
xalq ta’limi tizimining quyi boshqaruv organlari va ta’lim muassasalarida Markaz yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan metodist-xodimlar, psixologlar, o‘qituvchi-logopedlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimiga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish;
ta’lim muassasalari psixologlariga malaka toifalarini berish, shuningdek, talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini soddalashtirish va xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda takomillashtirish.
|