yoshlar texnoparklarida startap akseleratorlar va har bir hudud muammolarining yechimiga qaratilgan “xakaton”lar tashkil etish tartibini ishlab chiqish;
hududlardagi iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda startap akseleratorlar va “xakaton”larni tashkil etish;
“xakaton”lar natijasida g‘olib deb topilgan takliflarni ishlanmaga yo‘naltirish;
“xakaton”larda g‘olib deb topilgan va startap akseleratorlarga o‘tgan loyihalarni moliyalashtirish.
2021-yil may
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, mahalliy budjet mablag‘lari, homiylik xayriyalari
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 07/20/4884/1484-son; 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)