1.
|
3 — 7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 65 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovini 82 foizga yetkazish.
|
Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda:
maktabgacha ta’lim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish;
davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini oshirish;
majburiy bepul maktabga tayyorlov hamda qisqa muddatli guruhlar faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish;
investitsiya dasturi doirasida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurish, bo‘sh turgan binolarni foydalanishga topshirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish.
|
2022-yil yanvar
|
Davlat budjeti va xususiy sektor mablag‘lari
|
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|