Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda:
bolalarning o‘sishi va rivojlanishi, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi monitoringini olib borish uchun axborot tizimlarini joriy etish;
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarni va Vatanga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish maqsadida respublika hu�udlarining urf-odatlari va milliy an’analaridan kelib chiqib amaldagi ta’lim-tarbiya dasturlarini takomillashtirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun onlayn platforma yaratish;
YUNISEF va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “Onlayn bolalar bog‘chasi” dasturi doirasida mashg‘ulotlar majmuini ishlab chiqish;
maktabgacha ta’lim xizmatlari uchun elektron to‘lov tizimini keng joriy etish;
Maktabgacha ta’lim tizimini elektron boshqarish tizimi (EMIS)ning boshqa vazirlik va idoralar bilan o‘zaro integratsiyasini joriy etish.
|