1. Iminosorbentlar va ularni olish usuli. Makane usuli yordamida-fayllar.org
14-mavzu: Immunologik tolerantlik Tolerantlik- bu organizmning, o‘ziga xos antigeni bilan immunologik reaksiyaga kirishish qobiliyatini qisman yoki to‘liq yo‘qotish xolati xisoblanadi.
Tolerantlikning sodir bo‘lishida antigenning konsentratsiyasidan tashqari uning organizmga kiritish usuli ham muhim axamiyat kasb etadi. Masalan, kimyoviy jixatdan faol bo‘lgan gaptenlar zond orqali me’da yoki qatqorin venasiga kiritilsa, ular tolerantlik xolatini keltirib chiqarishni rag‘batlantiradi. Gapten bilan konyugatsiyaga keltirilgan singen makrofaglari vena orqali organizmga kiritilsa, ular ham tolerantlikni keltirib chiqaradi. Immunologik tolerantlikning kelib chiqishi antigenning barqarorligiga (persistensiya) ham bog‘lik tolerantlik xolatining uzoq vaqtgacha davom etishi, antigenning organizm sirkulyasiyasida bo‘lgan vaqti bilan o‘lchanadi. Tirik va bo‘linishga qobiliyati bo‘lgan hujayralarni organizmga kiritish yo‘li bilan sodir qilingan immunologik tolerantlik, shu zotning butun hayoti davrida davom etishi mumkin.Tolerantlik xolatiga jiddiy ravishda genetik omillar ta’sir ko‘rsatadi. Umumiy shaklda bunday bog‘liklikni quyidagicha ta’riflasa bo‘ladi, retsipient va transplantat orasida genetik farqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, tolerantlik sodir qilish shunchalik mushkuldir. Embrionga boshqa zoolsgik turga taalluqli zotning hujayrasi kiritilsa, bunday xolda tolerantlik kelib chiqmaydi yoki sodir bo‘lgan tolerantlik juda sust va qiska vaqt davom etadi. Yaqqol namoyon bo‘ladigan va uzoq vaqt saqlanib turadigan tolerant xolatni filogenetik va bir-biriga yaqin qarindosh turlar orasida sodir qilish mumkin. Izoantigenlar tarkibi bilan farqlanuvchi organizmlar orasida sodir bo‘ladigan tolerantlik uchun yuqorida ko‘rsatib u o‘tilgan asosiy qoida saqlanib qoladi, ya’ni donor va retsipent o‘rtasida qarindoshlik kuchi qanchalik ko‘p bo‘lsa, tolerantlik sodir bo‘lishi shunchalik oson bo‘ladi.
Tolerantlik yoki immunologik tolerantlik – barcha antigenlarga immunoreaktivlik xususyatini saqlagan holda organizmning muayyan antigenligiga nisbatan immunologik javobini yo'qolishi yoki susayishi. «Tolerantlik» terminini ingliz olimi P.Medavar (1953) tomonidan ko'chirib o'tqazilgan begona to'qimaga nisbatan organizm immuno sistamasi «chidamliligini» ko'rsatish maqsadida taklif etilgan.
Oʻsimliklarda Tolerantlik himoya reaksiyasining bir turi, yuqtirilgan kasallikka javoban oʻziga xos chidamlilikning namoyon boʻlishi. Turda Tolerantlikning paydo boʻlishi tanlash natijasi bilan bogʻliq boʻlib, tabiiy populyatsiyalardagi evolyutsion jarayonda oʻsimlik bilan patogen oʻrtasida uzoq vaqt davom etgan oʻzaro taʼsirlar natijasida vujudga keladi. Madaniy oʻsimliklar Tolerantlik tufayli epifitotiya (yoppasiga zararlanish) sharoitida qam qoniqarli hosil beradi. Tolerantlikning namoyon boʻlishi ekologik sharoitlarga (harorat, havo, tuproq), yosh oʻsimlik ontogenezi fazalariga va boshqalarga bogʻliq. Barcha navlarga mansub boʻlgan oʻsimliklar Tolerantlikni qulay sharoitlarda oʻstirilganda (oziqlantirish, agrotexnika) oshadi. Tolerant navlardan keng miqyosda foydalanish xavfli, chunki ular boshqa oʻsimliklarni zararlovchi manba boʻladi; kasallik qoʻzgʻatuvchi yangi mikroorganizmlarning paydo boʻlishiga qulay sharoit yaratadi. Voyaga yetgan organizmlarda Tolerantlikni, ionlovchi nurlar yoki immunodepressantlar yordamida immunokompetent hujayralarni toʻliq boʻgʻish bilan vujudga keltirish mumkin. Organizmga kichik dozadagi eruvchan antigenlar kiritib, qaytar T. hosil qilsa boʻladi.
Bunday antigenlarning molekulalari limfotsitlar membranasiga joylashgan immunoglobulinlarning molekulalari bilan birikib, ularni toʻsib qoʻyadi, deb taxmin qilinadi. Qaytar Talerantlikni antigenantitelo kompleksi ham hosil qiladi. T va B limfotsitlar hamda fagotsitlarning immun javobini toʻxtatib turuvchi maxsus T limfotsitlar mavjud. Bunday T-limfotsitlar (supressorlar) xususiy antigenlarga nisbatan fiziologik Talerantlikni saqlab turishi mumkin. Antitelolarning bir meʼyorda hosil boʻlishini amalga oshiruvchi Tolerantlik shakli ham mavjud; bu jarayonda vujudga kelgan barcha antitelolar toʻqimalardagi antigenlar bilan bogʻlanadi. Talerantlikni organizmga koʻp miqdorda antitelolar kiritish orqali ham hosil qilish mumkin. Bu antitelolar antigen molekulalarini limfotsitlarga yetkazmasdan ushlab qoladi yoki antigenni immunokompetent hujayralardan toʻsib turadi. Organizmning tashki muhitning noqulay sharoitlariga chidashi ham Tolerantlik deb ataladi.
Oʻsimliklarda Tolerantlik himoya reaksiyasining bir turi, yuqtirilgan kasallikka javoban oʻziga xos chidamlilikning namoyon boʻlishi. Turda talerantlikning paydo boʻlishi tanlash natijasi bilan bogʻliq boʻlib, tabiiy populyatsiyalardagi evolyutsion jarayonda oʻsimlik bilan patogen oʻrtasida uzoq vaqt davom etgan oʻzaro taʼsirlar natijasida vujudga keladi. Madaniy oʻsimliklar Tolerantlik tufayli epifitotiya (yoppasiga zararlanish) sharoitida kam qoniqarli hosil beradi. talerantlikning namoyon boʻlishi ekologik sharoitlarga (harorat, havo, tuproq), yosh oʻsimlik ontogenezi fazalariga va boshqalarga bogʻliq. Barcha navlarga mansub boʻlgan oʻsimliklar Tolerantlikni qulay sharoitlarda oʻstirilganda (oziqlantirish, agrotexnika) oshadi. Tolerant navlardan keng miqyosda foydalanish xavfli, chunki ular boshqa oʻsimliklarni zararlovchi manba boʻladi; kasallik qoʻzgʻatuvchi yangi mikroorganizmlarning paydo boʻlishiga qulay sharoit yaratadi.Farmakologiya va toksikologiyada Tolerantlik zaharli va farmatsevtik moddalar ( narkotiklar ) ga nisbatan sezuvchanlikning pasayishini anglatadi. Uzoq vaqt davomida organizmga kichik dozalarni kiritish natijasida kuchli taʼsir etuvchi zaharlarga koʻnikish mitridatizm deb ataladi.