Pul islohotlarini amalga oshirish usullari Reja
1. “Inflyasiya” tushunchasining mazmuni va inflyasiyaning turlari. Inflyasiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. 2. Inflyasiyaga qarshi kurash va pulning barqarorligini ta’minlash yo‘llari. “Inflyasiya” tushunchasining mazmuni. 3. Inflyasiyani yuzaga keltiruvchi sabablar.
1, “Inflyasiya” tushunchasining mazmuni va inflyasiyaning turlari. Inflyasiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Inflyasiya XVIII asrning o‘rtalirida muomalaga ta’minlanmagan juda ko‘p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflyasiya (lotincha «inflation» so‘zidan olingan va shishish, ko‘pchish, ko‘tarilish ma’nosini anglatadi) o‘z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo‘lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. SHuni ta’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyasiya nisbatan me’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi zamon inflyasiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan baholarni muntazam o‘sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar Bilan tasniflanadi. Inflyasiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo‘lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg‘arma va iste’mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo‘jaliklarning pul massasi va unga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o‘tgan omillar o‘z mohiyatiga asosan inflyasiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda inflyasiyaning narxlarini o‘sishi, ya’ni pullarning miqdori o‘sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyasiya. Ushbu inflyasiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolar yiliga o‘rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.
SHiddatli (galopiruyuhaya) inflyasiya. Ushbu inflyasiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolar yiliga o‘rtacha 10% dan 100% gacha ba’zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko‘payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o‘rtasida pulning moddiylashtirish, ya’ni milliy pul birligini jamg‘arishi emas, balki oltin, ko‘chmas mulk holatida jamg‘arishi jarayoni kuchayadi.
Jilovlanmagan (giperinflyasiya) inflyasiya. Ushbu inflyasiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx- navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko‘rsataditi, narx-navo va ish haqi o‘rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo‘lidagi qog‘oz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagn ortiqcha qog‘oz pullarni to‘lib-toshishiga olib keladi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, inflyasiyaning asosiy sababi odatda bir emas, balki bir nechta bo‘lib o‘zaro mahkam bog‘langan bo‘ladi va narx-navoning ko‘tarilib borishi bilangina namoyon bo‘lib qolmaydi, balki narx-navoni boshqarilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyasiya shakllari ajratiladi:
Oshkora inflyasiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko‘tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo‘lsa, bunday inflyasiya oshkora inflyasiya deb ataladi. Oshkora inflyasiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba’zi bozorlarda ko‘tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari o‘z ta’sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag‘batlntirib boradi.
YAshirin inflyasiya. Inflyasiyaning ushbu turi shunday ko‘rinishda bo‘ladiki, bunday holatda ba’zi bir iste’mol mahsulotlariga narx-navo ma’muriy tarzda davlat tomonidan o‘rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba’zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. YAshirin inflyasiya sharoitida narx-navoning keskin o‘sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablag‘lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo‘lmasligi holatlari paydo bo‘ladi.
Iqtisodiyotda yashirin inflyasiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narx-navosi hamda aholini daromadlarini o‘sishi vaqtincha to‘xtatiladi. YAshirin inflyasiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma’muriy nazorat o‘rnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o‘zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shakliga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ushbu inflyasiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyasiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Har bir mamlakatda inflyasiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig yomonlashuviga sabab bo‘ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi yo‘nalishlarda yuzaga chiqadi:
Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning doimiy tarzda tebranib turishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga bo‘lgan istiqbollarga ishonchni yo‘qotishga olib keladi;
Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga oqib o‘tishi kuzatiladi. CHunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyasiya yuqori bo‘lgan davrda aholi o‘rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya’ni kishilar qo‘llaridagi pullardan imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli tovarlar sotib oladilar. Buning natijasida savdo va vositachilik do‘konida tovarlar tez sotiladi;
Narx-navoning keskin va notekis o‘zgarishi natijasida chayqovchilik kengayadi. Inflyasiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu taqchillik narx-navoning keskin ko‘tarilishiga olib keladi;
Davlat moliya resurslari qadrsizlanadi. Davlat byudjeti daromadlari byudjet xarajatlari amalga oshirilguncha qadar davrda qadrsizlanadi. Byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlash qiyinlashadi va buning natijasida byudjet taqchilligi (defitsiti) yuzaga chiqadi;
Mamlakatda kredit operatsiyalari cheklanadi. CHunki inflyasiya darajasi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning foiz darajasinig yuqori darajada o‘rnatiladi. Ushbu salbiy holat ishonchni pasaytiradi.
Inflyasiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo‘lib daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi:
mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi;
tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar baholar indekslarining o‘zgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi.
Inflyasiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad quyidagi yo‘nalishlarda qayta taqsimlanadi:
Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat xududlari o‘rtasida narx-navoning notekis o‘sishi natijasid;
Mamlakat aholisi va davlat o‘rtasida. Bunda davlat tomonidan muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo‘shimcha daromad sifatida foydalanadi. Xalqaro amaliyotda bu inflyasion soliq deb nomlanadi;
Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o‘rtasida.
Maxsulotlar va xizmatlarga bo‘lgan narx-navoning notekis o‘sib ketishi natijasida aholi o‘rtasida ijtimoiy toifalarga bo‘linishini (boylar, kambag‘allar, qashshoqlar), mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg‘armalar va joriy iste’molning keskin o‘zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyasiyaning ijtimoiy salbiy ta’siri eng avvalo qat’iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan - nafaqaxo‘rlar, nogironlar, ko‘p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o‘qituvchilar, vrachlar, bog‘cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og‘ir kechadi;
Debitorlar va kreditorlar o‘rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar qo‘shimcha zarar ko‘radi.