Inflyasiya so‘zi lotincha bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi «bo‘rtish», «ko‘pchish», mantiqan pulning qadrsizlanishi va narx-navoning muntazam ravishda oshib borishi kabi ma’nolarni bildiradi.
Inflyasiya tushunchasi muomalada haqikiy pullardan, ya’ni oltin va kumush tangalardan foydalanilgan davrlarda ahamiyat kasb etmagan. Inflyasiya tushunchasi faqat kredit pullarga tegishlidir.
Inflyasiya sharoitida quyidagilar ro‘y beradi:
muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo‘ladi;
tovarlar bahosi va xizmatlar haqi to‘xtovsiz o‘sib boradi;
Inflyasiyani quyidagi sabablar keltirib chiqaradi:
Davlat o‘z xarajatlarini o‘z daromadlari hisobidan qoplay olmay qolgan sharoitda, muomalaga qo‘shimcha pul chiqarish hisobidan qoplaydi. Natijada muomalada tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan pul paydo bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida pulning qadrsizlanishiga olib keladi.
Mamlakatda chetdan keltirilgan (import) tovarlar narxining ko‘tarilishi. Bu o‘z
navbatida mamlakatda ishlab chiqarilgan o‘xshash va o‘rinbosar tovarlar narxini oshiradi.
Kreditning haddan tashqari rivojlanib ketishi. Moddiy ne’matlar yaratish bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarga berilgan kreditlarning tez sur’atlar bilan o‘sishi muomaladagi pul massasining ko‘payishiga olib keladi.
Pulga nisbatan xalq ishonchining yo‘qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning ko‘payib ketishi, mamlakat to‘lov balansi holati va boshqalar.
2.Inflyasiya turlari O‘rmalovchi, suzib yuruvchi va yuguruvchan inflyasiya Inflyasiya asosan 3 xil bo‘ladi: