?
Tayanch so‟zlar:
barcha turdagi zaruriyat kommunal qulayliklar, xizmat
ko„rsatish kompleksi, komfortliligi, sig„imi va texnik jihozlanganligi, qibul qilish va
xizmat ko„rsatish xonalari
Mehmonxona binolari
odamlarning qisqa vaqt davomida yashashlari va
madaniy- maishiy talab asosida xizmat ko‗rsatish maqsadlarida quriladi. Bunday
inshootlar barcha turdagi zaruriyat kommunal qulayliklar (suv, kanalizatsiya, istish
qurilmalari va hokozo) bilan jihozlangan va zamonaviy
QMQ ga asoslangan xizmat
ko‗rsatish kompleksi bilan ta‘minlangan bo‗lishi zarur.
Komfortliligi, sig‗imi va texnik jihozlanganligi, shuningdek, taklif etiladigan xizmat
ko‗rsatish hajmiga qarab O‗zbekistonla va xalqaro maydonla mehmonxonalar 5 qurilish
razryadiga bo‗linadi.
Xonalarda bittadan to‗rtagacha o‗rin bo‗lishi mumkin. Zamonaviy mehmonxona
murakkab tuzilishga ega bo‗lib, bir nechta turli funksional xonalar
guruhlaridan tashkil
topadi hamda uning alohida qismlari o‗zaro o‗ziga xos texnologik bog‗lanishlarga ega
bo‗ladi. Taraqqiy etgan mehmonxona binosida asosiy funksional xonalar guruhiga qibul
qilish va xizmat ko‗rsatish xonalari kiradi, ularni vestibyul guruhi deb atash mumkin;
yashash xonalari guruhi, umumiy ovqatlanish xonalari guruhi, ma‘muriy xonalar guruhi,
shuningdek, muhandislik jihozlari xonalari guruhi shular jumlasidandir.
59. Kurort mehmonxonalarini loyihalashga qo‗yilgan vazifalar asosida nimalar nazarda
tutiladi?
Tayanch so‟zlar:
ochiq va yopiq suzish basseynlari, hammom (sauna)lar, qishki sport
zallari, karkas va panel, shuningdek, monolit, temir-beton sistemalari
Kurort mehmonxonalarini loyihalashga qo‗yilgan vazifalar asosida ochiq va yopiq
suzish basseynlari, hammom (sauna)lar, qishki sport zallari nazarda tutiladi.
Ma‘muriy xonalar guruhi aksariyat hollarda binoning
birinchi yoki ikkinchi
qavatiga joylashtiriladi. Xizmatchi-yordamchi, xo‗jalik va muhandislik jihozlari xonalari,
navbatchi xodimlar xonalari guruhiga kiradi. Shuningdek, kir va toza choyshablar xonasi,
ta‘mirlovchi usta, duradgor xonalari; mebel va jihozlar zahiralari; shamollatish
kameralari, istish punktlari,
nasos xonasi, elektroщit, chiqindilarni olib chiqish
kameralari ham shular jumlasidandir. Mehmonxonaning konstruktiv sxemasi asosida
yashash xonasining o‗lchamlari yotadi. Zamonaviy mehmonxona binolari qurilishida
karkas
va panel, shuningdek, monolit, temir-beton sistemalari keng tarqalgan.
60.Turar joy va xonadonlarni tanlashda, hisobga olinishi kerak bo‗lgan talablar?
Tayanch so‟zlar:
demografik tarkib, urf-odatlari va hunari, qurilish joyi, tabiiy
iqlim sharoit
Turar
joy va xonadonlarni tanlashda, albatta hisobga olinishi kerak bo‗lgan
talablar quyidagilardan iborat:
- Aholining demografik tarkibi;
- Oila a‘zolarining urf-odatlari va hunari, ya‘ni qanaqa ish bilan mashg‗ul bo‗lishlari;
- Qurilish joyi;
- Qurilish joyining tabiiy iqlim sharoiti;
- Texnika-qurilish bazasining ahvoli va sharoiti;
Shimol va janubda quriladigan uylar bir-biridan o‗ta
farq qiladi, undan tashqari
nam va quruq iqlim, tog‗ yoki pastliklar, sahro va nam yerlarning ta‘siri ham turar joy
me‘morchiligiga katta ta‘sir o‗tkazadi.
61. Qavatlari bo‗yicha turar joy binolari qanday uylarga bo‗linadi:
Tayanch so‟zlar:
kam qavatli, o„rta qavatli, ko„p qavatli, baland qavatli
Qavatlari bo‗yicha turar joy binolari quyidagilarga bo‗linadi:
1. Kam qavatli uylar (1-2 qavatli). Bu uylar asosan qishloq joylarda tarqalgan bo‗ladi.
Lekin shaharlarda ham hozirgi paytda o‗z ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q.
2. O‗rta qavatli uylar (3-5 qavatli) umumiy zinapoyadan hamma foydalanadigan liftsiz
turar joydan iborat bo‗lib, shaharlarda juda ko‗p tarqalgan, ular iqtisodiy jihatdan foydali
deb topilgan.
3. Ko‗p qavatli uylar (6-9 qavatli) umumiy foydalaniladigan zinapoyadan tashqari tik
vertikal bog‗lanishlari uchun lift bilan ta‘minlangan bo‗lishi kerak.
4. Baland qavatli uylar (10 va undan ortiq) binolarning kiraverishida, pod‘ezdida umumiy
zinapoyadan tashqari 2 xil lift bo‗lishi kerak, ya‘ni aholini va yukni tashiydigan liftlar.
O‗rta, ko‗p va baland qavatli uylar 3 ta eng asosiy tarxiy tuzilmalarga bo‗linadi:
bo‗linmali (seksiyali), yo‗lakli va galereyali.