1. Interyer va jihozlash fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat ?



Yüklə 398,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix02.12.2023
ölçüsü398,27 Kb.
#137922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
javoblari 5-kurs interyer va jihozlashdan

Tayanch so`zlar

obrazli tavsiflar, muhim elementlar,
dissonans
Rang – interyer qiyofasini shakllantirishda uning obrazli tavsiflarni yakunlashda eng 
muhim elementlardan biri bulib hisoblanadi, juda ham yorqin yoki mos kelmagan rang 
dissonansni hosil qilishi mumkin, yagonalik va butunlikning buzilishiga olib keladi. 


Rangning bo‗lmasligi beparvolik, atrofga bo‗lgan befarqlikni vujudga keltiradi. Odatdagi 
kulrang tonning tabiiy materiallar bilan uyg‗unlashuvi mayin rangli gammani yaratadi va 
interyerda yetakchi bo‗lgan daraxt, tabiiy tosh yoki jihozning rangi uchun fon bo‗lib 
ifoda etiladi. Boshqa tomondan, quyuq yorqin tonlar yordamida katta ta‘sir o‗tkazish 
kuchiga ega bo‗lgan rangli munosabatlarni yaratish mumkin. 
 
13.
 
Interyerda yorug‗lik masalalari qanday yechiladi?
Tayanch so`zlar: jamoat 
binolarining interyerlari, katta oraliqli zallar, yoritilganlik darajasi, quyoshdan 
himoyalanuvchi moslamalar, tabiiy yorug„lik 
Inson tomonidan atrofidagi interyerli muhitning qabul qilinishida yorug‗lik katta 
ahamiyat kasb etadi. Jamoat binolarining interyerlaridagi katta oraliqli zallarning 
yoritilganlik darajasining ta‘minlaganligi uning spesifikatsini belgilab beradi. To‗g‗ri 
tarqaladigan quyosh yorug‗ligi ko‗zlarni qamashtiradi, insonning ishlashiga halaqit 
beradi va shu bilan birgalikda bunday yorug‗lik insonga ko‗tarinki va quvonchli kayfiyat 
bag‗ishlaydi. Yorug‗likning tasviriy o‗yinini va soyalar hosil qilish uchun mehnat 
jarayoniga halaqit bermaydigan joylarda to‗g‗ri tarqaladigan yorug‗likni tushish 
maqsadida ish va o‗quv xonalariga maxsus quyoshdan himoyalanuvchi moslamalar 
o‗rnatiladi. Qaytadigan tabiiy yorug‗lik maxsus qaytaruvchi tekislar va yorug‗lik 
moslamalari yordamida hosil qilinishi mumkin. Bunday bir yo‗nalishda va bir me‘yorda 
taraladigan yorug‗lik o‗quv va ish xonalari uchun zarur bo‗lgan tabiiy yorug‗lik deb 
hisoblaniladi. Bu yorug‗lik yoritilganlik darajasini ahamiyatli tarzda oshirishi mumkin. 
14.
Interyerning sun‘iy yoritilishi deganda nimani tushunasiz?
Tayanch so`zlar
:
Sun‟iy yorug„lik, tabiiy yorug„lik, yoritish moslamalari, 
yorug„lik nurlari, sun‟iy yorug„lik jihozlarining tuplami, qaytgan nurlar
,
tomosha 
zollaridagi fazoviy bushlik
Sun‘iy yorug‗lik tabiiy yorug‗likdan farqli o‗laroq maxsus yorug‗lik manbalarining 
yaratilishini talab etadi. O‗rnatiladigan yoritish moslamalaridan taraladigan yorug‗lik 
nurlari shift devorlar sirtlarini yoritadi 
va bu sirtlardan qaytadi – bularning hammasi sun‘iy yorug‗lik jihozlarining tuplami deb 
ataladi va bu tuplam jamoat binolarining zamonaviy interyerli muhitida o‗zining keng 
qo‗llanilishini topdi. Shift va devorlardan hamda konstruksiyalarning alohida 
elementlaridan qaytgan yorug‗lik alohida tasviriy sifatlarga ega bo‗ladi. Qaytgan nurlar 
mayin va bir maromda taralishi bilan birgalikda yorug‗ joydan qorong‗iroq zonaga yetarli 
darajada faol o‗tadi, insonga yengil his qiluvchanlik, faollikni bahshida etadi. To‗g‗ri 
taraladigan yorqin yorug‗likning zurayishini pasaytiradi, shakllarga qandaydir rang 
bergandek bo‗ladi. Qaytgan nurlar tomosha zollaridagi fazoviy bushlikni tasavur kilib 
bulmas darajada kengaytiradi, joylardagi yorug‗lik osti nurlari xonani shinamlashtiradi va 
uning uyg‗otuvchanlik hususiyatini oshiradi. 
15.
 
Granit, beton, metall, oyna kabi qattiq materiallardan qaysi bino va inshootlarda 
foydalaniladi?
Tayanch so`zlar: vokzallar va katta vestibyullar, xollar, 
kotfastlikni oshiradi, taassurotni oshiradi, yengil neytral ton hosil qiluvchi ochiq 
rangli shtukaturka 
Granit, beton, metalll, oyna kabi qattiq materiallardan vokzallar va katta vestibyullar, 
xollar va shunga o‗xshash joylarda foydalaniladi. Bunday joylarda odamlar kam vaqtini 
o‗tkazadilar va atrofdagi yuzalarning bunday qattiq materiallar bilan qoplanishi shovqinni 
yutmaydi aksincha kuchaytiradi, kotfastlikni oshiradi, taassurotni oshiradi.Interyerda 
qo‗llaniladigan materiallar qatori talablarga javob berishi taqozo etiladi. Birinchidan, 
materiallarning ob‘yekt mazmuniga muvofiq (mos) kelishi. Interyerga qo‗llanadigan 


material bino ichida ro‗y beradigan jarayonga muvofiq kelishi va bu materiallar jarayon 
kechayotgan paytda yuzaga keladigan ta‘sirlarga qarshi reaksiya beradigan xissiyotni 
hosil qilishi kerak. Mana shuning uchun ham shinam restoranlarda mijoz vaqtini 
o‗tkazishni xog‗laydi, ular tabiiy materiallar – yog‗och, ishlov berilmagan tosh bilan 
pardozlanadi. Ko‗chadan ichki fazoviy kenglikka o‗tadigan o‗tish joyining tashkil 
etuvchi vestibyullarni tabiiy qo‗pol toshlar bilan pardozlash ayniqsa juda o‗rinlidir, ish 
joylarini va auditoriyalarni yengil neytral ton hosil qiluvchi ochiq rangli shtukaturka bilan 
pardozlash maqsadga muvofiqdir, shu sababli bunday pardozlangan interyer ish va o‗qish 
jarayonida xalaqit bermaydi. Umuman olganda interyerni bezatishda pardozlash va 
qurilish materiallaridan foydalanilganda turli materiallarning yagona kompozitsion 
yechimda uyg‗un uyg‗unlashuvini topish bosh talab sifatida namoyon bo‗ladi , bunda 
ular orasida bosh yetakchi materialga o‗rin ajratiladi. 
16. Zinapoyalarning qanday turlari mavjud. Zinapoyalarni loyihalashga qanday asosiy 
talablar qo‗yiladi? 
Tayanch so`zlar:
ikki marshli, uch marshli, zinapoya maydonchasi, zinalarning soni, 
marshning og„maligi, to„siq balandligi
Eng ko‗p qo‗llaniladigan zinapoya turlari:ikki marshli, va uch marshli zinapoyalar. 
Zinapoyalarni loyihalashga qo‗yiladigan asosiy talablar:

Yüklə 398,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin