1. Interyer va jihozlash fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat ?



Yüklə 398,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix02.12.2023
ölçüsü398,27 Kb.
#137922
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
javoblari 5-kurs interyer va jihozlashdan



1. Interyer va jihozlash fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat ? 
Tayanch 
so`zlar:turar joy, jamoat, sanoat binolari, zamonaviy interyerlari va jihozlarini 
loyihalash.
Javobi: Interyer va jihozlash fanining maqsadi talabalarga turar joy, jamoat, sanoat 
binolarining zamonaviy interyerlari va jihozlarini loyihalash asoslarini o‗rgatish, ularga 
interyerlarning ijtimoiy voqelik bilan bog‗liqligini ko‗rsatib berish va ushbu aspektda 
olib borilayotgan amaliy ijtimoiy izlanishlarning mazmun-mohiyati va metodlarini 
tushuntirib berishdan iborat. Interyerlarning arxitekturaviy rejaviy yechimlari asoslarini 
ishlab chiqishga qaratilgan kursning yo‗nalishi zamonaviy turar oylar,jamoat va sanoat 
binolarini arxitekturaviy loyihalash sohalarining ijtimoiy dasturini ishlab chiqish va O‗rta 
Osiyo uchun xos bo‗lgan konkret sharoitlarda regional zamonaviy turar joy binolarini 
yaratish bo‗yicha bo‗lajak me‘morlarning kelgusi faoliyati nimalardan iborat ekanligini 
tushuntirib berishni o‗z ichiga oladi. 
2. Qadimgi Misr arxitekturasi eramizdan necha yil avval boshlangan? 
Tayanch 
so`zlar: bir necha etaplar, ko„p vaqt oralig„I, Joser piramidasi.
Javobi: Qadimgi Misr arxitekturasi eramizdan 3000 yil avval boshlangan. U bir 
necha etaplarga bo‗linib, juda ko‗p vaqt oralig‗ini o‗z ichiga oladi. Quldorlik rivojlangan 
Nil daryosi bo‗yida din rivojlana borishi bilan maqbara va xramlar qurilishi asosiy 
o‗ringa ega bo‗ldi. Masalan, Joser piramidasi, Gizadagi piramidalar, Xefron xrami, 
Luksordagi Amon xramlari shular jumlasidandir. Bu davrda ochiq fazolar va hajmiy 
ob‘yektlar o‗rtasidagi munosabatlar biroz murakkablashadi,ya‘ni tashqi va ichki fazolar 
o‗rtasida oraliq fazoviy strukturalar paydo bo‗ladi. Xefron ibodatxonasida ma‘lum 
tomonga yo‗naltirilgan harakat davomida fazoviy hissiyotlar almashinib boradi 
ko‗ndalang joylashgan birinchi zal simmetriya markaziga nisbatan qisqargan ikkinchi 
zalga ulanib ketadi.Bu zal yana tor yo‗lak orqali ko‗ndalang joylashgan katta hovliga olib 
chiqadi. Yopiq va qorong‗i zaldagi birdaniga quyosh charaqlab turgan keng hovliga 
chiqish inson hissiyotiga kuchli ta‘sir etadi. Deyr el Baxridagi ibodatxonalarda 
arxitekturaviy vositalar orqali Firavnning buyuklik g‗oyasi ifodalangan. Ichki interyerga 
asosiy badiiy urg‗u berildi. Haykallar va panduslar asosiy o‗q chizig‗ining ahamiyatini 
yanada kuchaytirdi, relef va haykallar bilan bezatilgan, devorlarga sayqal berilgan. 
3. 
Qadimgi Yunoniston va Rim quldorlik davlatlari arxitekturasida qanday 
g‗oyalar ifodalangan? 
Tayanch so`zlar: mafkura, din, inson ko„rinishdagi xudolar, 
afsonaviy qahramonlar, Orderlar, konstruktiv element, dekorativ element. 
Javobi: Qadimgi Yunoniston va Rim quldorlik davlatlari bo‗lgani uchun ularning 
mafkurasida din, ya‘ni inson ko‗rinishdagi xudolarga,afsonaviy qahramonlarga va 
imperator shaxsiga sig‗inish ustun turar edi. Bu davrda arxitektura yanayam rivojlandi. 
Bu davrning asosiy binosi ibodatxona hisoblangan. Ibodatxonaning funksional markazi 
―sella‖ xonasi bo‗lib,unda ilohiy haykal qad ko‗taradi.Ichki ustunlar galareyasi sellaning 
interyerini 3 qismga, ya‘ni uchta ―nef‖ga ajratdi. Tantanavor ravoqlar,haykallar, ustunlar 
galereyasi harakat yo‗nalishini yanada bo‗rttirib ko‗rsatgan. Zinalar bilan ko‗tarilgan 
―podium‖ ustiga joylashtirilgan ibodatxonalar shahar markazida qurilgan. Masalan, 
Panteonni olsak, uning ichki fazosi bir muncha kengaytirilgan, ya‘ni katta silindr 
shaklidagi zal va yarim sfera shaklidagi gumbaz barcha xudolar haykallarini va ko‗p 
sonli odamlar guruhini bir vaqtning o‗zida mujassam eta olgan. Gumbaz osmon ramzi 


sifatida talqin etilgan.Diametri va balandligi 43,5 metr. Rim arxitekturasida tomoshabop 
binolar ommaviylashadi. Ularga Rimdagi Kolizey, Afinadagi Dionis teatri, Efesdagi teatr 
va boshqalar. Antik davr arxitekturasida ko‗p burchak, aylana, silindr, yarim sfera kabi 
yangi shakllar qo‗llanildi. Devor yuzalarini order tizimi bilan bezash uslubi paydo bo‗ldi. 
Orderlar ham konstruktiv element, ham dekorativ element sifatida qo‗llanila boshlandi. 
4. 
Modern stilidagi dekorning qanday turlari mavjud?
Tayanch so`zlar: pardozlash, bezash, funksiyaviy, konstruktiv va utilitar

Modern stilida dekor (pardozlash, bezash)ning ikki turi mavjud. Birinchisi- 
―funksiyaviy‖-konstruktiv va utilitar elementlar bilan deraza va eshiklar oraliqlarini 
ramalashtirish, zinapoyalarni to‗sish, potoloklarning fermalari va konstruksiyalarining 
tayanchlari bilan ifodalanadi. Ularning shakllari badiiy-plastik va rangli yechimlarning 
variatsiyasi uchun asos sifatida qo‗llanildi. Dekor (pardozlash, bezashning) ikkinchi turi-
bu tasviriy, grafik va rang-tasvirdan iborat bo‗lib, ular yordamida devor, potolok, 
detallarning tashqi sirt yuzalari bezatiladi. Ornament odatda tekislikka tasvirlanib, uning 
fakturasi ri-vojlantiriladi yoki tashqi pardoz sifatida namoyon bo‗ladi, hamma hollarda 
(vaziyatlarda) modern dekori ustunlikka ega bo‗lgan ravishda ornamentlidir va u 
arxitekturaviy muhitning yagona stilistik bus-butunligini tasvirlashga yo‗naltirilgan. 
5. 
Interyer loyihalarini chizishda eng muhim narsa nima? 
Tayanch so`zlar:kompozitsion 
yechim, turar joy bino interyerlari, Mehmonxona, ish xonasi, yotoqxona, oshxona, 
bolalar xonasi
Interyer loyihalarini chizishda eng muhim narsa, uning kompozitsion yechimini 
to‗g‗ri topishdan iborat bo‗lib, turar joy bino interyerlari uchun o‗ziga xos kompozitsion 
yechim, jamoat binolari interyerlari uchun esa o‗ziga xos kompozitsion yechim topish 
talab etiladi. Masalan: turar joy bino interyerlari misolida ko‗rib chiqaylik. O‗zimiz 
yashab turgan uyimizda har xil xonalar bor. Mehmonxona, ish xonasi, yotoqxona, 
oshxona, bolalar xonasi va h.k. Mehmonxona hammamiz uchun eng muhim xona 
sanaladi. Mehmon kutish bizga avlodlarimizdan me‘ros bo‗lib kelayotgan azaliy urf-
odatlarimizdan bo‗lib, mehmonlarni yaxshilab kuzatishga harakat qilamiz. Shuning 
uchun ko‗p e‘tiborni unga qaratamiz. Mehmonxona uchun nafis kompozitsion yechim 
topilishi kerak. Shift va devorlardagi kompozitsiyalarda o‗zaro uyg‗unlikni topish kerak. 
Ya‘ni ulardagi kompozitsiyalar bir-biriga bog‗langan holda, bir maqsadga qaratilgan yoki 
bir mavzuni yoritib bera oladigan bo‗lishi kerak. Bunda dizayner interyerni yaxlit 
tasavvur qilishi kerak. Bundan tashqari interyerda ishlatilgan materiallar, ularning 
ranglari muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday interyerni loyihalayotgan paytda e‘tibor 
beriladigan jihatlar bor.
6. 
Klassik uslubidagi interyerning uziga xos tomonlari nimalardan iborat?
Tayanch 
so`zlar: 
me‘moriy kompozitsiyalar, me‘morchilik orderlari, antik davr, 
"aql bilan 
tartibga keltirilganligi" 
Klassitsizm uslubida qurilgan me‘moriy kompozitsiyalarda me‘morchilik orderlari 
tizimi muhim rol uynadi. Klassitsizm me‘morlari ko‘pincha order va ularning nisbatlari 
hamda shakllarini antik davrdagiga xos kurinishda ifodalashga harakat qiladi. Klassitsizm 
me‘morchiligida shaqllar jiddiy va sipo, fazoviy kenglik yechimining aniqligi hamda 
me‘morlikda ishlatilgan unsur (kolonna, pilyastr, friz, karniz va boshqalar)larning aniq, 
ritmga buysunganligi, rang va shaql ritmining aniqligi bilan harakterlanadi. Klassitsizm 
uslubida qurilgan bino interyerlari (xona, dalon, zal va boshqalar) ham uz badiiy yechimi 


bilan ajralib turadi. Xonalarda qullanilgan rang , shaql va chiziqlar "aql bilan tartibga 
keltirilganligi" oʻziga xosdir. 

Yüklə 398,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin