1. Interyer va jihozlash fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat ?



Yüklə 398,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix02.12.2023
ölçüsü398,27 Kb.
#137922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
javoblari 5-kurs interyer va jihozlashdan

 
7. 
Zamonaviy interyer uslublaridan << Modern>> uslubiga tarif bering?
Tayanch 
so`zlar: oddiyligi, nozik chiziqlari, rang-barangliklari, yorqin ranglari, funksionalizm 
yo„nalishi 
Modern so‗zi fransuz tilida zamonaviy degan ma‘noni beradi. Modern oddiyligi, 
nozik chiziqlari, rang-barangliklari, yorqin ranglari bilan boshqalardan farq qiladi. Unda 
orderlardan butunlay voz kechiladi, simmetriyaga esa umuman yaqin kelinmaydi. 
Materillar beton, po‗lat, keramikadan iborat bo‗lib bunga esa Germaniyada yashagan, asli 
kelib chiqishi belgiyalik Van de Velde sababchi bo‗lgan. Ispaniyalik arxitektor A.Gaudi 
(1852–1926) esa hatto yuk ko‗tarib turuvchi ustunlardan interyer bezagida foydalangan. 
Modern stilida asosan shahar va shahar tashqarisidagi turar joy binolari qurilgan. 
Amerika, Yevropa davlatlari Modern yo‗nalishida ko‗p asarlar yaratdilar. Germaniyani 
Bauxauz nomli badiiy ishlab chiqarish bilim yurtida funksionalizm yo‗nalishi paydo 
bo‗ldi. Bunda san‘at va texnikadagi asosiy e‘tibor jismning vazifasiga qaratilgan. Bu 
yo‗nalishda nemis arxitektori Mis Ven der Roe (1886–1969) fransuz arxitektori va 
nazariyachisi Le Korbyuze (1887–1965) ijod qilgan. 
 
8. 
Markaziy osiyoda islom dini o‗rnatilgunga qadar xam xonalar qanday bezatilgan? 
Tayanch so`zlar:
dekorativ bezak, monumental tasviriy saxnalar, yog„och va 
ganch o„ymakorligi, romb, doira, to„rtburchaklar
Markaziy Osiyoda islom dini o‗rnatilgunga qadar ham xona dekorativ bezagiga 
aloxida e‘tibor berilgan. Dekorativ bezak ko‗proq monumental tasviriy saxnalar ostida 
devorning izora qismida ishlangan. Ilk o‗rta asrlarda yog‗och va ganch o‗ymakorligi 
dekorativ bezakda keng qo‗llanilgan. Panjikent, Varaxsha saroylarida yog‗och, ganch 
yuzaga qaxramonliklarni ifodolovchi saxnalar romb, doira, to‗rtburchaklar ichiga 
olingan. Ular nafaqat bir saxna epizodini chegaralovchi xoshiya vazifasini bajargan
shuningdek, bir xil mavzudagi o‗simliksimon naqshli yuzani boyitish uchun, o‗sha naqsh 
yuzasida ora-orada yoki uning markazida joylashtirilgan xolda xam kelgan. 

Yüklə 398,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin