Tayanch so`zlar: yordamchi xonalar-
vestibyullar, foyelar, kuluarlar, galereyalar,
gorizontal va vertikal bog„lanish joylari
Asosiy xonalardan tashqari,har bir jamoat binosi yordamchi xonalar (vestibyullar,
foye, koridorlar, zinapoyalar va boshqalarga)ga ham ega bo‗ladi.
Vestibyullar
jamoat
binosini tashqi muhit bilan bog‗laydigan xona vestibyul deb aytiladi.
Tashkilot,
muassasa, korxona xodimlari,ishchi va xizmatchilari xamda tomosha muassasalariga
tashrif buyuradiganlar yoki tomoshabinlar ishchi xonalarga
va tomosha zallariga
vestibyul orqali o‗tishadi. Vestibyul jamoat binosining birinchi xonasi sifatida, uning
ishlash
xarakteri, uning ahamiyati, arxitekturaviy jihatlari haqida ma‘lumot beradi.
Foyelar
. Tomosha yoki kino seansi boshlanishini kutish va tanaffus paytida dam olishga
mo‗ljallangan joylar foye deb ataladi.Foye bevosita tomosha zali oldiga joylashtiriladi va
zal bilan qulay,to‗g‗ridan to‗g‗ri bog‗lanishga ega bo‗lishi lozim.Ikkinchi tomondan foye
vestibyul bilan bog‗langan bo‗lishi lozim.
Kuluarlar
. Foyening keng koridor
ko‗rinishida zalni qurshab oladigan qismiga kuluarlar deb ataladi. Ular tomosha zallarida
,jamoaviy majlis zallarida va konferensiya zallarida qo‗llaniladi.
Dostları ilə paylaş: