1. Interyer va jihozlash fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat ?


Rokoko  uslubi qanday uslub? Tayanch so‟zlar: rokayl, chigʻanoqqa oʻxshatib gajaksimon



Yüklə 398,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix02.12.2023
ölçüsü398,27 Kb.
#137922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
javoblari 5-kurs interyer va jihozlashdan

 Rokoko 
uslubi qanday uslub?
Tayanch so‟zlar: rokayl, chigʻanoqqa oʻxshatib gajaksimon, 
 
oʻyma va boʻrtma 
naqshlar, oʻrama, kartush, rokayl, simmetriya, asimmetriya, tartibsizlik
Rokoko 
(frans. rococo), rokayl — XVIII-asr 1-yarmida Yevropa nafis sanʼatida 
yuzaga kelgan uslub (bezaklari chigʻanoqqa oʻxshatib gajaksimon ishlanadi). Dastlab 
Fransiyada paydo boʻlgan, keyinchalik Germaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlarga 
tarqalgan. 30—40-yillarda R. eng gullagan davrini boshidan kechirgan. Absolyutizm 
inqirozi davrida kiborlarga xos boʻlgan xususiyatlar, yaʼni real hayotdan qochib, soxta 
teatrlashtirilgan hayot tarziga intilish va boshqalarni oʻzida aks ettirgan. Meʼmorlikda 
bezakka taʼsir etib, jimjimadorlikka eʼtibor kuchaydi: nozik hoshiyalarga olingan oʻyma 
va boʻrtma naqshlar, oʻrama, kartush, rokayl va boshqa keng qoʻllanildi; binolarda 
simmetriya oʻrnini asimmetriya, tartibsizlik egallay boshladi. 
31.―Aqlli‖ uyda oilaning mutlaq xavfsizligi qanday amalga oshiriladi? 
Tayanch so‟zlar:
yong„inga qarshi uzatgichlar, santexnika ostiga o„rnatilgan 
moslamalar, kirish eshigiga qo„yiladigan uzatgichlar, shlagbaum va domofon, 
Xonadonda oilaning barcha a‘zolarini asrashga mo‗ljallangan bir nechta uzatgich 
va moslamalar o‗rnatiladi. Masalan, yong‗inga qarshi uzatgichlar xonada harorat 
ko‗tarilganida ishga tushadi, santexnika ostiga o‗rnatilgan moslamalar esa suv oqishlarini 
ro‗yxatga oladi. Kirish eshigiga qo‗yiladigan uzatgichlar buzib kirishdan himoya qiladi, 
uy hovlisidagi shlagbaum va domofon bilan integratsiyalash esa barcha tashriflardan 
xabardor bo‗lishga yordam beradi. Bunday tizim uyda bo‗lgan ota-onalar va farzandlar 
xavfsizligidan xavotirlanmaslik, shuningdek o‗z mulkingizni xavfsiz qilish imkonini 
beradi. Muhandislik tizimlarini oson boshqarish va resurslarni tejash Chiroqning 
o‗chirilishi, quvurdan suv oqishi – muhandislik tizimlarining ishidagi har qanday 
nosozliklar ilovadan keladigan xabar orqali uy egasiga zudlik bilan ma‘lum qilinadi. 
Bundan tashqari, ―aqlli uy‖ tizimi, agar uyda hech kim bo‗lmasa, elektr ta‘minotini 
o‗chirishga yordam beradi, bu bilan resurslar tejaladi va o‗chirilmagan gaz yoki dazmol 
haqida qayg‗urmasangiz ham bo‗ladi. 
32. 
Interyerda avtomatlashtirilgan muhitda qulay hayot deganda nimani tushinasiz? 
Tayanch so‟zlar: “Alisa” yoki Google, taksi buyurtma qilish, “multiroom” 
audiotizimi 


Isitish tizimi, elektr darpardalar, yorug‗lik, domofonni boshqarish ilova yoki 
yanada qulayroq – turli ishlab chiqaruvchilardan ovoz yordamchilari orqali amalga 
oshiriladi. ―Alisa‖ yoki Google, shuningdek, internetda istalgan ma‘lumotni topish, taksi 
buyurtma qilish yoki ―multiroom‖ audiotizimi o‗rnatilganida musiqani balandroq qilishga 
yordam beradi, bular kundalik hayotni yoqimli va mahsuldor vaqtga aylantiradi. ―Aqlli 
uy‖ – bu oila va mulkni xavfdan saqlash, barcha kommunikatsiya tizimlarini nazorat 
qilish va yangi xonadonda o‗tkaziladigan har bir kundan zavqlanish imkonini beruvchi, 
har bir uy uchun qulay va ochiq tizim! 
33. Aqlli bino tizimining elementlariga nimalar kiradi? 
Tayanch so‟zlar: harorat, kunduzgi yorug'lik yoki harakatni aniqlash, kontrollerlar va 
motorli klapanlar, isitish,
ventilyatsiya va konditsionerlik 
Uyni avtomatlashtirish elementlariga sensorlar (harorat, kunduzgi yorug'lik yoki 
harakatni aniqlash kabi), kontrollerlar va motorli klapanlar, kalitlar, motorlar va 
boshqalar kabi aktuatorlar kiradi. Bular isitish, ventilyatsiya va konditsionerlik, HVAC 
harorat va namlikni boshqarishi mumkin, masalan, Internet-nazorat termostati uy egasiga 
binoning isitish va konditsioner tizimlarini masofadan boshqarish imkonini beradi, tizim 
avtomatik ravishda derazalarni ochishi va yopishi, yoqishi mumkin. Radiatorlar va 
qozonxonalar, yerdan isitish. 
34. Interyerda yoritish deganda nimani tushinasiz? 
Tayanch so‟zlar: obʼyektlarning koʻrinish sezgirligi, tabiiy, sunʼiy va aralash 
yoritish, quyosh, osmon yoritqichlari, atmosfera elektr razryadlari, umumiy, mahalliy va 
aralash, ish hamda avariya holatdagi 

Yüklə 398,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin