4. Makroiqtisodiy ekonometrik modellarning turlari va ularni iqtisodiy tahlilda qoʻllanilishi. Makroiqtisodiy jarayonlar butun milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi. Makroiqtisodiy jarayonlar asosan uchta katta jarayonlarni oʻrganadi va tushuntirib beradi. Bular:
1. Ishsizlik.
2. Inflyasiya.
3. Iqtisodiy oʻsish.
Ishchsizlik - bu mamlakat miqyosida faol, mehnatga yaroqli aholining ish bilan band boʻlmasligi tushuniladi.
Inflyasiya - mamlakat miqyosida umumiy baholarning oʻsishini koʻrsatadi.
Iqtisodiy oʻsish - mamlakat aholisiga yalpi ichki mahsulotning yildan-yilga koʻproq ishlab chiqarilishi tushuniladi.
Ushbu uchta koʻrsatkich makroiqtisodiy muammolar hisoblanadi. Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi tufayli yuqoridagi muammolar vujudga keladi. Ushbu muammolarni hal qilishning bir necha usullari mavjud.
Ushbu muammolar turli xil sharoitlar, davlat olib borayotgan iqtisodiy siyosati, fiskal va monetar siyosat orqali vujudga kelishi mumkin.
Milliy iqtisod darajasida shakllantiriladigan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish modeli oʻsish sur’ati va proporsiyalarni aniqlash uchun xizmat qiladi. Iqtisodiy oʻsishning bir sektorli va ikki sektorli modellarini koʻrib chiqish mumkin. Bunday modellarni yaratish uchun quyidagi belgilar qabul qilinadi.
X (t) - bir yilda ishlab chiqarilgan milliy daromad;
Y (t) - noishlab chiqarish sohasidagi asosiy fondlarning oʻsishiga ketgan harajatlar hamda qoʻshiladigan milliy daromadning iste’mol qilinadigan qismi;
J (t) - asosiy ishlab chiqarish fondlarining oʻsishiga kapital qoʻyilmalar;
S (t) - sof ishlab chiqarishga kapital qoʻyilmalar me’yori (hissasi).
Bunday iqtisodiy mazmunga binoan quyidagi ifodani yozish mumkin:
X(t)=Y(t)+J(t)
Jamgʻarma me’yori esa
formula boʻyicha aniqlanadi.
Jamgʻarma me’yorini miqdori bilan iqtisodiy oʻsish sur’ati oʻrtasida uzviy aloqa mavjud. Bu bogʻliqlikni ifodalash uchun V(t) parametri belgilanadi. U milliy daromadning joriy oʻsishi bilan asosiy ishlab chiqarish fondlariga (ya’ni, sarflangan kapital samarasining darajasi) sof kaptal qoʻyilmalar yigʻindisi oʻrtasidagi nisbati xarakterlaydi:
boʻlganligi uchun
ega boʻlamiz.
Binobarin, milliy daromadning oʻsish sur’ati sarflangan kapital samarasining jamgʻarma iqtisodiy oʻsish shaklini ifodalaydi. Agar jamgʻarma me’yori va kapital qoʻyilma bilan ta’minlanganlik iqtisodiy oʻsish va oshish (kamayish) ning mustaqil parametrlari boʻlsa, jamgʻarish me’yori boshqa teng sharoitlarda milliy daromad oʻsish sur’atlarining proporsional ortishi (kamayishi) bilan birga kechadi. Sarflangan kapital samaradorligini doimiylik darajasini qabul qilib, Xarrod-Domarning iqtisodiy oʻsish modeliga ega boʻlamiz.
Bunda K(t) iqtisodiyotdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining hajmini belgilaydi. q fondlarning samaradorlik koeffitsientidir q=X/K. Bu modelda «kechiqish» yoʻq boʻlganda, iqtisodiy oʻsishning uzoq muddatli sur’ati tenglamasini chiqarish mumkin:
Iqtisodiy oʻsishning nazariy modelida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini koʻrish va oʻzlashtirish ma’lum vaqtni (lagni), ya’ni L va K oʻrtasidagi vaqt lagi mavjud) olishi fakti abstraklashtiradi.
Pirovard xilma-xil nisbatdan differensial tenglama orqali uzluksiz yozish shakliga oʻtamiz.
Bunda mehnat unumdorligining oʻsish sur’ati
va uning fond bilan ta’minlanganligini
bogʻlovchi oʻzaro nisbatga asoslanamiz; bu erda L(t) ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan ishchilar sonini ifodalaydi. Demak,
.
Rejali iqtisodiyot sharoitida ish bilan band boʻlganlar oʻsish sur’atining L/L=n qandaydir barqaror ekzogen shakllantiruvchi mavjud deb taxmin qilish mumkin.
Iqtisodiy oʻsishning bir sektorli makroiqtisodiy modeli («Solou modeli») quyidagicha yoziladi:
.
Rasman yuqorida keltirilgan model iqtisodiy rivojlanishning statsionar traektoriyasini beradi. Bunda daromadning oʻsishi jamgʻarish me’yoriga bogʻliq boʻlmaydi. Jumladan, (F chiziqli funksiyasi uchun) biz quyidagini olamiz:
.
SHunga koʻra statsionar traektoriyadagi oʻsish sur’ati jamgʻarish me’yorining darajasidan qat’iy nazar ish bilan bandlikni oʻsishi hamda va parametrlari (texnik taraqqiyot sur’ati) bilan aniqlanadi.