1. Iqtisodiy oʻsish jarayonini ishlab chiqarish funksiyalari yordamida tadqiq


Talab va taklifning ekonometrik modellari



Yüklə 121,43 Kb.
səhifə4/7
tarix30.04.2023
ölçüsü121,43 Kb.
#126080
1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu

3. Talab va taklifning ekonometrik modellari
Bozor muvozanati xolatida resurslarning taqsimlanishi samaralimi yoki yoʻqmi, bunda umumiy yutuq maksimal qiymatga erishadimi degan savolga javob axtarish uchun uni tahlil qilamiz. Bozor muvozanat xolatida boʻlganida muvozanat narh bozorda ishtirok etishi mumkin boʻlgan sotuvchi va xaridorlarni aniqlab beradi. Bozorda mahsulotni shunday xaridorlar xarid qiladilar, agarda ular mahsulotni uning bozor narhidan yuqori baholaydilar (talab egri chizigʻida SA kesma bilan ifodalangan boʻlak); mahsulotni uning narhidan past baholagan individlar ( AE kesma bilan ifodalangan boʻlak), uni xarid qilishdan bosh tortadilar. Xuddi shuningdek, xarajatlari mahsulot narhidan past boʻlgan ishlab chiqaruvchilar (DA kesma bilan ifodalangan) mahsulotni ishlab chiqaradilar va sotadilar; xarajatlari bozor narhidan yuqori boʻlgan firmalar (AG kesma bilan ifodalangan), uni ishlab chiqarish bilan shugʻullanishni toʻxtatadilar.



Muvozanat miqdorning samaraligi

Sof raqobatga asoslangan bozorni kuzatishlarga asoslanib quyidagi xulosalarni qilish mumkin:


1. Erkin raqobat bozorlari taklif qilinayotgan mahsulotlarni ularni narhidan qimmatroq baholaydigan xaridorlar oʻrtasida taqsimlaydi (ularni pulini toʻlashga tayyorliklari bilan aniqlanadi), qolgan potensial xaridorlarga nisbatan.
2. Erkin bozorlar ishlab chiqarish xarajatlari past boʻlgan etkazib beruvchilarning mahsulotlariga talabni shakillantiradi.
3. Erkin bozorlar shunday miqdorda mahsulot ishlab chiqaradiki, ular iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning umumiy yutuqlarini maksimallaydi.
Ushbu xulosalarning toʻgʻriligiga ishonch xosil qilish uchun yuqoridagi grafikka yana bir nazar tashlaymiz. Talab chizigʻi xaridorlar uchun mahsulotning qimmatligini ifodalaydi, taklif chizigʻi esa – ishlab chiqaruvchilarning xarajatlarini. Muvozanat darajasidan past boʻlgan ishlab chiqarish xajmda xaridor uchun mahsulotning qimmatligi ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq boʻladi. Bu soxada ishlab chiqarishning oʻsishi umumiy yutuqni ortishiga olib keladi va bu ortish ishlab chiqarilayotgan mahsulotning miqdori muvozanat darajasiga erishmagunicha davom etadi. Ishlab chiqarishning muvozanatdan yuqori boʻlgan xajmida mahsulotning qimmatligi xaridor uchun ishlab chiqaruvchining xarajatlaridan pastdir. SHunday qilib, muvozanat xajmdan ortiq mahsulotni ishlab chiqarish umumiy yutuqni qisqarishiga olib keladi.
Erkin bozor faoliyati natijalari haqida yuqorida qilingan hulosalar shuni koʻrsatadiki, talab va taklifning muvozanati iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning yutuqlarini yigʻindisini maksimallaydi. Boshqacha qilib aytganida, resurslarning samarali allokatsiyasi bozor muvozanatining natijasidir. Erkin bozor sharoitida shakillanadigan bozor narhining oʻzi xaridor va sotuvchilarning xarakatlarini iqtisodiy resurslarni shunday taqsimlanishiga yoʻnaltiradiki, buning natijasida umumiy yutuq maksimallashadi.

Yüklə 121,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin