2. Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi. Foyda massasi va normasi. Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan kеyin qolgan qismi foyda dеb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda dеb ham yuritiladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog’ida vujudga kеladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo’lmaydi; ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishida to’liq namoyon bo’ladi. Iqtisodiy foyda umumiy pul tushumidan barcha ichki va tashqi xarajatlar, shuningdеk, mе’yordagi foydani chеgirib tashlash orqali aniqlanadi. Iqtisodiy foydani izohlashda korxona xarajatlarini ham hisobga olish kerak. Bunda ushbu tushunchalar mavjud; Ishlab chiqarish xarajatlari – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va istе’molchilarga yetkazib bеrishga qilinadigan barcha sarflardir. Ichki xarajatlar – korxonaning o’ziga tеgishli bo’lgan rеsurslardan foydalanish natijasida vujudga kеladigan xarajatlar. Tashqi xarajatlar – tashqaridan jalb qilingan rеsurslarga to’lovlarni amalga oshirishga kеtgan xarajatlar. Doimiy xarajat – ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u o’zgarganda ham miqdorini o’zgartirmaydigan xarajatlar. To’g’ri xarajatlar – mahsulot tannarxiga bеvosita qo’shilib, uning tarkibiga kiradigan xarajatlar. Egri xarajat – mahsulot tannarxiga ustama bo’lib, narxda aks etadigan xarajatlar.Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonalar xo`jalik faoliyatini baholovchi asosiy mezon - foyda.
Foyda - bu murakkab iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. U asosan qo`shimcha qiymatni yaratish va ishlatish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Korxona foydasining shakllanish manblari ular xo`jalik faoliyati natijasida olinadigan daromadlardir:
- sotishdan olingan sof tushum;
- asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari);
- moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
- favqulodda foyda.
Sotishdan olingan sof tushum mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan pul tushumidan qo`shilgan qiymat va aksiz solig`i hamda eksport boj poshlinasini chiqarish yo`li bilan aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
Korxonalarning asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
- undirilgan yoki qarzdor tomonidan e'tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to`lanmagan qarzlar va xo`jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zaralarni undirish bo`yicha daromadlar;
- hisobot yilida aniqlangan o`tgan yillardagi foyda;
- ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bevosita bog`liq bo`lmagan operatsiyalardan renta daromadi, korxona huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar;
- korxonaning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar;
- da'vo bildirish muddati o`tgan kreditorlik va deponet qarzlarni hisobdn chiqarishdan olingan daromadlar;
- tovar - moddiy boyliklarni qayta baholash;
- davlat subsidiyalaridan daromadlar;
- xolisona moliyaviy yordam;
- boshqa operatsion daromadlar.
Korxonalar moliyaviy faoliyatidan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
- olingan royaltilar va sarmoya transferti;
- Respublika hududida va uning tashqarisida boshqa xo`jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatiga ulush qo`shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo`yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda korxonaga tegishli qimmatli qog`ozlar bo`yicha daromadlar;
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to`lovini olish);
- valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutlaridagi operatsiyalar bo`yicha ijobiy kurs tafovutlari;
- sarflangan (qimmatli qog`ozlarga, shu'ba korxonalarga va hokazolarga) mablag`larni qayta baholashdan olingan daromadlar;
- moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
Korxonalarning favqulodda foyda - bu ko`zda tutilmagan tasodifiy tusga ega bo`lgan hodisa yoki korxonaning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo`ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning kamdan-kam bo`ladigan moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo`limida aks ettirilishi kerak bo`lgan o`tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogʻida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boʻlmaydi; ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan soʻng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi. Foyda miqdoriga ta’sir koʻrsatuvchi ikkinchi omil – korxona oʻz mahsulotlarini sotuvchi narx darajasi boʻlib, bu oʻrinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi oʻrtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib koʻrsatish mumkin. Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi. Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga – korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablagʻlarga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir. 5. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli toʻlovlar amalga oshiriladi. Bu toʻlovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablagʻlari uchun toʻlanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar toʻlaydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablagʻlar kiritadilar. Mablagʻlarning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamgʻarish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.
Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. foyda pulda ifodalanadi. foyda bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. Amaliyotda foyda (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (FqD—W). foyda 3 omilga bogʻliq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh , natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi foyda ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bogʻliq (DqQP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar oʻzgarmay krlgan takdirda xarajatlarning pasayishi foydani koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali foydani koʻpaytiradi. Shu sababli foydani koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda foydaning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning bozor narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, foyda ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi foyda koʻrish mumkin emas. Har qanday firma foydani eng koʻp olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga intiladi, foyda miqdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga soladi. foydaning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi va massasidir. foyda normasi (Gʻ") nisbiy koʻrsatkich boʻlib, kapital qanday ishlatilib, qanday foyda koʻrilganini bildiradi va u orqali foyda (F) kapitalning (K) ning qanday qismiga tengligi aniqlanadi. foyda koʻrilgan. foyda normasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. foyda koʻrish tadbirkorlikning maqsadi boʻlganidan har doim foyda normasini oshirishga intilish saklanib qoladi. foyda massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. foyda massasi qanchalik koʻp boʻlsa, foyda shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi.