3. Soliqni uzoq va qisqa muddatli ta’siri
Soliqni alohida firma faoliyatiga ta’sirini qaraymiz. Faraz qilaylik, soliq firmaning ishlab chiqarish hajmidan olinadi va u mahsulot narxiga ta’sir qilmaydi.
Biz ko‘ramizki, ishlab chiqarish hajmiga qo‘yilgan soliq firmani ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga undaydi (16-rasm).
16-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning ishlab chiqarish hajmiga soliqning ta’siri.
Rasmdan ko‘rish mumkinki, qisqa muddatli oraliqda musbat iqtisodiy foyda bilan ishlayotgan firma hajmda mahsulot ishlab chiqarib bozor narxida sotadi. Soliq har bir ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga qo‘yilganligi uchun, u firmaning chekli xarajatini dan (t - bir birlik mahsulotga qo‘yilgan soliq) holatga siljitadi. Soliq xuddi shunday o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatni ham t miqdorga yuqoriga siljitadi.
Endi faraz qilaylik, tarmoqdagi barcha firmalar soliqqa tortilgan. Majud bozor narxida har bir firma o‘z ishlab chiqarish hajmini qisqartirgani uchun tarmoqning ham yalpi mahsuloti qisqaradi va bu bozor narxining oshishga sabab bo‘ladi (17-rasm).
17-rasm. Soliqni tarmoq ishlab chiqarish hajmiga ta’siri.
Rasmdan ko‘rish mumkinki, tarmoqning umumiy taklifini dan holatga siljishi bozor narxini dan ga o‘stiradi. Narxning oshishi, firmalarni ishlab chiqarish hajmini narx o‘zgarmagandagiga nisbatan kamroq qisqartirishga undaydi.
Uzoq muddatli oraliqni qaraydigan bo‘lsak, ishlab chiqarish hajmiga qo‘yilgan soliq ba’zi bir firmalarni biznesdan chiqishga majbur qiladi.
18-rasmda soliqni uzoq muddatli oraliqdagi ta’siri aks ettirilgan.
18-rasm. Tarmoq ishlab chiqarish hajmiga soliqning uzoq
muddatli ta’siri.
a) rasmdan ko‘rish mumkinki, soliq har bir firmaning uzoq muddatli oraliqdagi o‘rtacha xarajatini siljishga olib keladi. Bu o‘z navbatida ba’zi bir xarajatlari yuqori bo‘lgan firmalar foydasini qisqartirib nolga tenglashtiradi. Ular bu tarmoqdan chiqib boshqa, ko‘proq foyda oladigan tarmoqlarga o‘ta boshlaydi. Natijada bu bozor taklifi chizig‘ini chapga (b rasm) yuqoriga siljitadi ( dan holatga) va xarajatlr oshganinin ko‘rsatadi. Bozor narxi dan ga o‘sadi, bozor taklifi esa dan ga kamayadi. Soliq ta’siri tugagandan keyin, ya’ni tarmoqda yangi uzoq muddatli muvozanat (E2 nuqta) vujudga kelganda tarmoqda kamroq mahsulot ishlab chiqaruvchi kamroq firma qoladi.
Dostları ilə paylaş: |