1. Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari


O‘quvchilаr jаmоаsini shаkllаntirishning mоhiyati vа tаshkiliy аsоslаri



Yüklə 63,69 Kb.
səhifə2/4
tarix15.06.2023
ölçüsü63,69 Kb.
#128183
1   2   3   4
Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli.

2. O‘quvchilаr jаmоаsini shаkllаntirishning mоhiyati vа tаshkiliy аsоslаri.O'quvchilar jamoalarini tuzish guruhlarda, sinflarda turli farq- lar bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha sinflar uchun bir xildagi yo'l-yo'riqlami belgilab bo'lmaydi.
Ayniqsa, boshlang'ich, V va IX sinflarda o'quvchilar jamoasini tashkil etish va jipslashtirish katta qiyinchiliklar tug'diradi. Bu sinflarda ko'pincha o'quvchilar tarkibi mutloq yangi yoki qisman o'zgaradi. Shunday ekan, o'quvchilar jamoasini yangidan tuzishga to'g'ri keladi.
VI-VII sinflarda o'quvchilar faollari kengayib boradi. Ular ko'proq jamoatchilik ishlarida qatnashadilar, o'zlarining axloqiy tajribalarini boyitadilar, mehnat qilish malakalari va ko'nikmalarini rivojlantiradilar.
Sinf rahbari quyi va o'rta sinflarda bu ishlami amalga oshi- rishda bolalar va o'smirlar uyushmasiga, yuqori sinflarda ≪Yoshlar ittifoqi yetakchisi≫ yordamiga tayanadi. Sinf jamoasini jipslashtirish yo‘llari:
1. Jamoatchilik topshirig'i berish.
2. Sinf faollarini to'g'ri tanlash.
3. O'quvchilami istiqbolga chorlash.
4. Sinfda ijobiy an’analami qaror toptirish.
5. O'quvchilarga yagona talablar qo'yish.
Jamoatchilik topshirig'i. Jamoa bo'lib ishlash, amaliy fao-liyat ko'rsatish sinf jamoasini jipslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu faoliyat sinf jamoasi hayotini mazmundor va qiziqarli qiladi. Sinfdagi barcha o'quvchilarga, hatto qoloq, inti-zomi bo'sh o'quvchilarga ham jamoat topshirig'i berish kerak.Bu bolalami mehnatsevarlik, tejamkorlik va tartib-intizomga o'igatadi. Sinfdagi faollami aniqlash. Sinf rahbari dastlabki kunlarda-noq o'quvchilami jamoat topshiriqlari orqali kuzatib boradi. Ular ichidan faol bolalami tanlab oladi. Shunday ongli, tashabbuskor, tashkilotchi, a’lochi o'quvchilardan sinf faollarini saylaydi.Jamoat ishini faqat faollar zimmasiga emas, balki barcha o'quvchilar orasida taqsimlash maqsadga muvofiqdir.
O'quvchilami istiqbolga chorlash. Istiqbol - bu yorqin, qiziqarli va quvonchli voqealar manzilidir. Sinfda yorqin va jozibador istiqbollaming bo'lmasligi, bu jamoada bir xillik va zerikarli holat- lami keltirib chiqaradi.

Yüklə 63,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin