1. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari



Yüklə 286,09 Kb.
səhifə7/46
tarix31.10.2022
ölçüsü286,09 Kb.
#118829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
1. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari

Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo`lib, inson organizmini morfologik va funktsional jihatdan takomil-lashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo`lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog`liq bo`lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Masha shu ta’rifda jismoniy tarbiyaning insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o`ziga xosligi taokidlab o`tilgan.
Jismoniy tarbiyaga oid bo`lgan bu o`ziga xoslikning tarkibida ikkita alohida ma’noga ega bo`lgan «jismoniy bilim» va «jismoniy sifatlarni rivojlantirish» deb atalgan tushuncha yotadi.
«Jismoniy bilim» termini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit «o`z vujudini tarbiya» qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirgan edi.


2. Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari
Jismoniy tarbiya jarayonida o`rgatishning asosiy xususiyati - bu o`rgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashga qaratilganidir. O`rgatish shug`ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi bilan uzviy bog`liq bo`ladi. Ta’lim-tarbiya amaliyotining har qanday sohasida bo`lganidek, jismoniy tarbiya jarayonida ham o`qitish o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi ijodiy faoliyatlaridan tashkil topadi va bunda, albatta, o`qituvchi yetakchi rol o`ynaydi.
Harakatlarga o`rgatish umumiy o`qitish tamoyillariga asoslanadi, bu tamoyillar jismoniy tarbiya sohasida o`z maxsus ifodasini topadi. Bu maxsuslik harakat ko`nikmalari va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi.
Harakatlarga o`rgatishning asosiy yo’nalishi va xususiyatlari
O`quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta’limi muhim o`rinni egallaydi. Bu jarayonda harakat faoliyatini yoki uning ma’lum bo`lagini bajarishga o`rgatiladi, jarayon mashq qilish-takrorlash orqali amalga oshiriladi va shug`ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish-tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o`zlashtirish va uni o`quvchiga, shug`ullanuvchiga uzatishning uyushtirilishini yo`lga qo`yishdan iboratdir.
O`qitish amaliyotida “harakat faoliyati ta’limi”, “harakatga o`rgatish”, “harakat malakasi”, “harakat ko`nikmasi”, “nazariy bilim” kabi atamalardan foydalaniladi hamda yuqorida qayd qilinganidek jismoniy ma’lumot berish maqsadi amalga oshiriladi.
Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o`rgatish nisbatan qisqa pedagogik vazifadir. Harakat faoliyatini o`rgatish atamasi harakat faoliyati aniq bo`lib, uning nazariy bilimi ham berilganda qo`llaniladi. Harakat faoliyatini o`qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko`nikma vujudga keladi, bir vaqtning o`zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, mushaklar egiluvchanligi va bo`g`imlar harakatchanligi rivojlanadi. SHu sababli pedagogik jarayonda e’tibor bir narsaga – ta’limga, ya’ni malakani shakllantirishga yoki harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Harakat faoliyatini o`qitish jarayonida faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari birgalikda hal qilinmay, sog`lomlashtirish xususiyatiga ega bo`lgan vazifalar ham amalga oshiriladi. Hech qaysi umumta’lim predmetida bunchalar yaqqol namoyon bo`lmaydigan sog`lomlashtirish vazifasi harakat faoliyatini o`qitishda yorqin namoyon bo`ladi.
Harakat faoliyatini o`qitishda bilim berish vazifalari ham o`zining xususiyatlariga ega. O`quv materiallarini egallash jarayonining yetakchi tarkibiy qismi o`quvchilarning faol harakat faoliyatidir. Ularning o`quv-mehnat faoliyati hammadan avval jismoniy kuch sarflashni talab qiladi. O`quvchining o`quv faoliyatiga oid ayrim qonuniyatlarni bilish insonning ish qobiliyati umumiy qonuniyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Individning ish qobiliyati bir necha omillarga bog`liq: ajdodlaridan meros qobiliyatlar, hayotiy jarayonda to`plangan tajribalar va ma’lum belgilangan sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu omillar qanchalar yaxshi rivojlangan bo`lsa, inson shunchalar katta ishchanlik qobiliyatini namoyon qila oladi.
Odatdagi sharoitda inson o`z ish qobiliyatlarining bir qismidangina foydalana oladi, xolos. Zahirada deb hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib qo`yilgan maksimal talablarga javob berishda namoyon bo`lishi mumkin. Noodatiy tashqi sharoit zahiradagi ish qobiliyatining namoyon bo`lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, inson qobiliyatlarining maksimal darajada rivojlanishini tarbiyalaydi.
Harakat faoliyatini o`qitishning ikkinchi xususiyati harakat malakalari tizimini shakllantirish hisoblanadi. Faqat harakat faoliyati tizimigina o`quvchi jismoniy tayyorgarligining xususiyatini belgilaydi. Masalan, 30 metrga yugurish 60 metrga yugurish bilan taqqoslanganda, uning boshqa harakat faoliyatlari bilan ko`p marotaba bog`lanishlarga ega ekanligi ma’lum bo`ladi. Tirmashib chiqish va muvozanat saqlash mashqlari esa boshqa harakat faoliyatlari tizimiga nisbatan qaram emas. Bu faoliyatlarning ta’siri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan yuqori yoki past bo`lishi mumkin.
Uchinchi xususiyati – ta’limni ikki yo`nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks rivojlantirish bilan aloqadorligi:
a) harakat malakasi harakat sifatlarining rivojlanishi bilan bog`liqdir. eng avvalo, aynan o`sha harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi;
b) harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo`lgan harakat sifatini rivojlantirish bir vaqtning o`zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi.
Masalan, qisqa masofaga yugurishda tezlik rivojlanadi, lekin tezlik kuch, chidamlilik va boshqa sifatlarni optimal rivojlantirganidagina natijaliroq rivojlanadi.

Yüklə 286,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin