1. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari


Kuch namoyon bo`lishi sharoitlariga kuchning bog`liq ekanligi



Yüklə 286,09 Kb.
səhifə10/46
tarix31.10.2022
ölçüsü286,09 Kb.
#118829
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
1. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari

Kuch namoyon bo`lishi sharoitlariga kuchning bog`liq ekanligi. Harakat kuchi (ya’ni harakatning bosimi yoki tortishishi) ko`p jihatdan qarshilik ko`rsatish kuchlarining tabiati bilan belgilanadi.
Kuch va ko`chirilayotgan massa aloqadorligi. Agar odam massasi har xil bo`lgan jismlarni mushaklarga iloji boricha (chegara darajasida) zo`r berib, bir joydan ikkinchi joyga ko`chirayotganda bir qator harakatlarni bajarsa, namoyon bo`lgan kuchning miqdori ham har xil bo`ladi. Dastlab ko`chirilayotgan jismning massasi ortib borishi bilan kuch ham oshib boradi, biroq keyin massa orsa ham, kuch oshmaydi. Kuch-massa bog`liqligi jismoniy tarbiya amaliyotida juda ko`p xil ko`rinishda bo`ladi. Masalan, sportchining yadro itqitish uchun sarflaydigan kuchi uning shtanga ko`tarishda sarflaydigan kuchidan kam bo`ladi. Biroq jismning massasi juda katta bo`lsa, kishi unga sarflaydigan kuchning miqdori ko`chirilayotgan massaga bog`liq bo`lmaydi hamda kishining kuch imkoniyatlari bilangina belgilanadi.
2. Chaqqonlikni tarbiyalash metodikasi
Har qanday harakat biror-bir aniq vazifani hal qilishga qaratilgan: mumkin qadar balandroq sakrash, to`pni ilib olish, shtangani ko`tarish va boshqalar. Harakat vazifasining murakkabligi ko`pgina sabablar bilan, jumladan, bir vaqtda va ketma-ket bajariladigan harakatlarning o`zaro uyg`unligiga (harakat koordinasiyasiga) bo`lgan talablar bilan belgilanadi. Harakatlarning koordinasion murakkabligi chaqqonlikning birinchi o`lchovi hisoblanadi.
Agar harakatning makon, vaqt va kuch xususiyatlari harakat vazifasiga mos kelsa, ya’ni harakat yetarli darajada aniq bo`lsa, harakat vazifasi bajariladi. Harakatning aniqligi tushunchasi harakatning makon, vaqt va kuch xususiyatlari aniqligidan iborat. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o`lchovidir.
Hayotda va jismoniy tarbiyada duch kelish mumkin bo`lgan barcha harakatlarni shartli ravishda 2 guruhga bo`lish mumkin: 1. Nisbatan stereotip harakatlar. 2. Nostereotip harakatlar.
Engil atletika yo`lkasida yugurish, yengil atletikadagi uloqtirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari, tekis joyda yurish birinchi guruhga; sport o`yinlari, yakkama-yakka bellashuv, kross va boshqalar ikkinchi guruhga misol bo`ladi.
Stereotip harakatlardagi aniqlik, jumladan, kishi bu harakatlarni bajarishni qanchalik uzoq o`rganganiga bog`liq. Agar inson o`zi uchun yangi harakatlarni birdaniga bajara boshlasa, bu harakatlarni o`zlashtirib olishga ko`proq vaqt sarflagan kishiga qaraganda chaqqonroq hisoblanadi. Shuning uchun harakatlarni o`zlashtirib olishga sarflanadigan vaqt chaqqonlik ko`rsatkichlaridan biri bo`lishi mumkin.
Nostereotip harakatlardagi chaqqonlik harakatni o`zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez o`zgartira bilishda namoyon bo`ladi. Bunda chaqqonlik kishining o`z harakatini maqsadga muvofiq tarzda qayta qurishi uchun sarflagan vaqti bilan ifodalanadi.
Barcha aytilganlar e’tiborga olinsa, chaqqonlikni, birinchidan, yangi harakatlarni tez o`zlashtirib olish qobiliyati, ikkinchidan, harakat faoliyatini to`satdan o`zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez qayta qurish qobiliyati deb qarash mumkin.
Koordinason qobiliyatlarning rivojlanishiga ko`maklashuvchi turli-tuman mashqlarda, ayniqsa, harakatli va sport o`yinlari, gimnastika, akrobatika elementlari ko`plab mavjud bo`ladi. SHuning uchun ular o`quvchilarning jismoniy tarbiyasida juda keng qo`llaniladi. Bu vositalar umuman chaqqonlikning rivojlanishiga ko`maklashadi. Maxsus chaqqonlikni tarbiyalash uchun xususiyatlari bo`yicha musobaqa mashqlariga yaqin bo`lgan tayyorlovchi mashqlar qo`llanishi zarur.
Kichik va o`rta yoshdagi o`quvchilarda chaqqonlik sifatini eng samarali tarbiyalash mumkin. Bu davrda harakat ko`nikmalarini egallash qobiliyati, ko`rish, eshitish, teri bilan sezish va boshqa analizatorlarning jadal rivojlanishi kuzatiladi.
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar maktab darsi va mashg`ulotlarning asosiy qismi boshlanishida va tayyorlov qismida bajariladi. Charchagan holatda chaqqonlikning rivojlanishi kam samarali bo`ladi.
Mushaklarning tabaqalashtirilgan holda kuchlanishini takomillashtirish uchun quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin:
1. Joyidan uzunlikka sakrash, joyidan ko`p marta sakrash, berilgan masofaga 10 hatlab sakrash.
2. Ko`rsatilgan balandlikka sakrab o`tish.
3. Tennis, basketbol va voleybol koptoklarini ko`rsatilgan masofadagi nishonga tekkizish.
Fazoda tabaqalashtirish qobiliyatini mukammallashtirish uchun:
1.Harakatlar ko`lamini yaxshilash uchun ko`zlarni yumgan holda berilgan burchakkacha (30,45,60,90,120 gradus) predmetlarsiz va predmetlar bilan qo`llar (oyoqlar)ni ko`tarish.
2. Muayyan miqdordagi qadamlarni qayta bosish, muayyan masofani (10, 20, 50, 60, 100 m) aylanishlar.
Vaqtga harakatlarni tabaqalashtirish uchun mashqlar:
1. Har xil harakatlarni (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, umumrivojlanuvchi mashqlar) qat’iy belgilangan vaqtda bajarish.
2. Berilgan vaqtda erkin mashqlar kombinasiyasini bajarish.
3. Kuch, tezlik, aniqlik mashqlarini ko`p marta takrorlash.
Barcha mashqlar har xil dastlabki holatlardan, har xil yo`nalishlar va tekisliklarda, har xil holatlarda bajariladi.
Muvozanat vazifalarini mukammallashtirish uchun quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi:
1. Har xil balandlikda cheklangan maydonda muvozanatni yo`qotgunga qadar qo`llar va oyoqlar erkinligining har xil holatlari bilan, yumuq va ochiq ko`zlar bilan bir oyoqda turish.
2. Gimnastika hodasida, narvonda predmesiz va predmetlar bilan turli-tuman mashqlar.
3. Ikkala yoki bir oyoqda o`yinlar, estafetalar, to`siqlar chizig`ining unsurlari bilan muvozanatni saqlab turish;
4. Turgan joyda ko`p marta aylangandan keyin yumuq ko`zlar bilan har xil uzunlikdagi kesmalardan (yurib) o`tish.
Chaqqonlikni rivojlantirishda zaiflashtirish qobiliyatini takomillashtirish zarur.
Qarama-qarshilik mashqlari katta samara beradi: mushak guruhlarini maksimal taranglashtirish - maksimal bo`shashtirish. Masalan:
1. D.h. qo`llar yonga uzatilgan, yelka kamari va qo`l mushaklarini maksimal taranglashtirib, panjalar musht qilib siqilgan. yelka kamari va qo`l mushaklarini bo`shashtirish va qo`llarni tushirish.
2. D.h. eshakda turib, oyoqlar va tos sohasi mushaklarini maksimal taran glashtirib, o`ng (chap) oyoqni ko`tarish. Oyoqlarni oldinga – orqaga silkitib mushaklarni bo`shashtirish. Shu tamoyil bo`yicha predmetlar bilan va predmetlarsiz boshqa mashqni tanlash mumkin.
Chaqqonlikni tarbiyalash, birinchidan, koordinasion jihatdan murakkab harakatlarni o`zlashtirib olish qobiliyatini tarbiyalashdan va, ikkinchidan, harakat faoliyatini to`satdan o`zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta qurish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir.
Chaqqonlikni oshirishga qaratilgan yuklamaning o`zgarishi shug`ullanuvchilar yenga oladigan koordinasion qiyinchiliklarni orttira borish yo`li bilan sodir etiladi. Bu qiyinchiliklar asosan quyidagi talablardan tashkil topadi: 1) harakatlarning aniq bo`lishi; 2) ularning o`zaro muvofiqligi; 3) sharoitning to`satdan o`zgarishi.


Yüklə 286,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin