1. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari


Umumiy o’rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning majburiy kur ekanligi



Yüklə 286,09 Kb.
səhifə29/46
tarix31.10.2022
ölçüsü286,09 Kb.
#118829
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
1. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari

3. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning majburiy kur ekanligi
Jismoniy madaniyatni baza sifatidagi xizmati sport, amaliy sog`lomlashtirish deb atalmish jismoniy madaniyat klassifikatsiyasining asosida yotadi.
Jamiyat aozosining jismoniy bilimi, jisman rivoj-langanligi, jismoniy tayyorgarligi evaziga faol hayotiy faoliyat uchun zarur bo`lgan jismoniy kamolotga erishishni zaminini yoki jismoniy madaniyatning poydevorini yaratadi. Shug`ullanuvchilarning yoshiga qarab jisman rivojlanganlik, tayyorgarlik, o`zgaruvchan va o`ziga xos xususiyatlarni kasb etadi.
Jismoniy madaniyatning boshlang`ich zamini shartli ravishda «maktabgacha va maktabning jismoniy madaniyati» orqali yaratiladi. Bu bilan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida umumta’lim maktablari va boshqa o`quv tarbiya muassasalarida jismoniy madaniyat o`quv predmeti sifatida majburiy mashg`ulot ekanligini tushunamiz. Bu o`z navbatida umumiy jismoniy ma’lumot uchun asos yaratadi, jismoniy qobi-liyatlarining har tomonlama rivojlanishi, mustahkam sog`lik-ning bazasining vujudga kelishiga sababchi bo`ladi. Bu bilan har tomonlama shaxs uchun zarur bo`lgan jismoniy salohiyat daraja-sining asosini yaratishga kafolat vujudga keladi.
Maktab jismoniy madaniyati esa tarbiyalanuvchida jismi tarbiyasi uchun zaminni shakllanishiga asosiy poydevor bo`lib xizmat qiladi.
Sport – jismoniy madaniyatining tarkibiy qismidir. Sport, xususan, ahamiyatli darajada jismoniy va unga bog`liq bo`lgan qobiliyatlarning rivojlanishini va o`sishini taomin-laydi. Jamiyat jismoniy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan sport, boshlang`ich ma’noda «kuch sinashaman», «musobaqalashaman» degan ma’noni beradi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha unga dam olish, ko`ngil ochish, so`ng, jismonan yuqori ko`rsatgichga erishish vositasi, musobaqalarda g`alaba qozonish tarzidagi faoliyat deb qaraladi.
Sportning rivojlanishi asosan uch ko`rinishda – o`quv predmeti, ommaviy-ko`ngilli sport, «katta sport» tarzida namoyon bo`ladi.
O`quv predmeti sifatida sport o`rta va oliy maktabda, armiyada jismoniy tarbiyaning vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Ommaviy–ko`ngilli sport darsdan tashqari va ish vaqtidan so`ng davlat va jamoat tashkilotlari orqali va har bir shaxsning tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
«Sportchi» so`zi talaffuz etilganda, ko`z o`ngimizda nafa-qat kuchli, chidamli va chaqqon hamda qaddi-qomati kelishgan yigit yoki qiz obrazi gavdalanibgina qolmay, irodali, to`g`ri so`zli, hayotga doimo yaxshi umid bilan qaraydigan, optimisti, har qanday qiyinchiliklarni oson yenguvchi, kamtarin va o`z yutuqlariga hotirjam insonni tushunamiz.
Shunday ekan, sport jamiyat manfaati uchun xizmat qila-digan faoliyat bo`lib, tarbiyaviy va kommunikativlik funktsiya-sini bajaradi, lekin doimiy kasb emas. sport ishlab chiqarishsiz faoliyat, yaoni u moddiy neomat (boylik) yaratish bilan bog`lanmagan va o`quv tarbiya jarayoni qonuniyatlariga bo`ysundiriladi


Yüklə 286,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin