16. Quyidagi gapda -lar qo‘shimchasi qanday ma’no anglatgan? Televizorga tikilaverib ko‘zlarim charchab ketdi.
A) o‘xshatish ma’nosini B) taxmin, chama ma’nosini C) sof ko‘plik ma’nosini D) kuchaytirish, ta’kid ma’nosini
17. Kelganim qachonlar edi. Ushbu gapda -lar qo‘shimchasi qanday uslubiy ma’noni anglatgan?
A) kuchaytirish B) chama, taxmin C) kesatish, kinoya D) sof ko‘plik
18. Qaysi jumla noto‘g‘ri tuzilgan?
A) Chigit ekildi. B) G‘o‘za terildi. C) Olma gulladi
D) Pomidor g‘arq pishgan.
19. Ajratilgan bo`laklarning uslubiy xususiyatlari noto`g`ri berilgan javobni toping.
A) ma’lum bir bo`lakning umumlashgan va mavhum ma’nosi izohlanadi B) gapning ikkinci darajali bo`laklariging ajratilishi mumkin C) gapning barcha bo`laklari ajratilishi mumkin D)ajratilgan bo`laklarda vergul va tire ishlatiladi
20.Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda. Dala va bog‘larda ish qizg‘in. Dehqon bog‘da anor ko‘myapti. U kuchli qadoq qo‘llari bilan anorning tikanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog‘layapti. Anor tupini poxolga o‘rab, tuproq bilan ko‘myapti. Yuqoridagi badiiy tasvirdan asosiy fikr ifodalangan gapni toping.
A) U kuchli qadoq qo‘llari bilan anorning tiklanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog‘layapti B) Dala va bog‘larda ish qizg‘in C) Dehqon bog‘da anor ko‘myapti. D) Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda.