30. Quyidagi gaplardan ilmiy uslubga tegishlisini belgilang.
A) Qani endi, barcha ham senga o‘xshasa. B) Mayin shamol daraxt yaproqlarini asta tortqilaydi. C) Mushfiq onaning hasratlari bir dunyo edi. D) Yonishning tashqi belgisi issiqlik va yorug‘lik chiqishidir.
15-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Quyidagi sinonim so‘zlarning ko‘proq so‘zlashuv uslubiga tegishlisini belgilang.
A) rohat B) huzur C) mazza D) lazzat
2. Quyidagi rang bildirgan so‘zlardan badiiy uslubga tegishlisini toping.
A) ko‘k B) zangor C) moviy D) havo rang
3. Nutq madaniyatiga to‘liq ta’rif berilgan qatorni aniqlang.
A) lug‘aviy me’yorlarga rioya qilish B) to‘g‘ri yozish qoidalariga rioya qilish C) to‘g‘ri talaffuz me’yorlariga rioya qilish
D) mantiqiy izchillikka va adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to‘g‘ri, aniq va yoqimli so‘zlash.