5. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Kampir bolalarga bir qismdan turshak berib, ularni maqtay ketdi. B) Kunlar shu taqlid o‘taverdi, g‘am-alam ham asta-sekin unutildi. C) Olimlar yaqin vaqtlargacha kosmik bo‘shliqni o‘rganishni faqat orzu qilar edilar. D) A,B.
6.Umuman, hisob-kitob ishlarimizda monelik bor. Berilgan gapdagi uslubiy noto‘g‘ri ishlatilgan so‘zni almashtiring.
A) jumla to‘g‘ri va ravon B) “hisob-kitob” so‘zi ortiqcha
C) “bor” so‘z noto‘g‘ri ishlatilgan D) “monelik” o‘rnida “chalkashlik” so‘zini ishlatish zarur.
7. Quyidagi sinonim so‘zlardan qaysi biri betaraf (to‘g‘ri) ma’noda odamga nisbatan qo‘llanadi?
A) mujimoq B) g‘ajimoq C) kemirmoq D) A,C
8. Qaysi qatordagi gapda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini ko‘makchi bilan almashtirish mumkin emas?
A) Qishdan ming mashaqqatda chiqib olishdi. B) Xatni qizil siyohda yozgan edi. C) Kecha poyezdda kelibdi. D) Xalq maqollarida chuqur zukkolik bor.