28. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Ahmad Husayn raso ochiqqan ekan. B) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lur, rovon yo‘lda g‘ov bo‘lur. C) Paxta terimi tez suratlar bilan bormoqda. D) Berilgan gaplarning barchasida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud.
29. Uslubiy jihatdan betaraf so‘zlar qatorini belgilang.
A) ajoyib, ajib, dushvor, udum B) iltijo, chehra, zurriyod, hozirlamoq C) aytmoq, odat, odam, yorug‘ D) mushkul, bashara, sohib, xasta
30. Faqat insonlarga nisbatan qo‘llanadigan so‘zlar qatorini belgilang.
A) dumalamoq, urchimoq, g‘ajimoq, chaqirmoq B) bekinmoq, tanovul qilmoq, ivib ketmoq C) ag‘anamoq, namlanmoq, bag‘ishlamoq, joylamoq D) balandlamoq, talashmoq, pusmoq, sakillamoq
3-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Qaysi qatorda yondosh o‘rnida uning paronimi qo‘llangan?
A) Yo‘lga yondash anhor shovillab oqardi. B) Yaxshiga yondash, yomondan qoch. (Maqol) C) Masalaga to‘g‘ri yondashmoq kerak. D) Durdona dugonalariga yondashib, soy bo‘yiga yo‘l oldi.
Dostları ilə paylaş: |