30. Asosan badiiy uslubga xos bo‘lgan izn (izn bermoq) so‘zining sinonimini toping.
A) ixtiyor B) ijozat C) erk D) nishona
23-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Uslubiy bo‘yoq, ta’sirchanlik mavjud bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
A) qizgina, qizcha, onajon B) kitobcha, suv, gazetxon C) bolagina, o‘quvchi, qushcha D) onajon, ko‘zim, bosh
2. Ushbu matn qaysi uslubga tegishli? Bodom fevral oyida gullaydi. Qayrag‘och - qurilish materiali, shuningdek, mebel korxonalari uchun qimmatli xom ashyo.
A) ilmiy B) badiiy C) so‘zlashuv D) publitsistik
3. Quyidagi matn qaysi uslubga tegishli? Jo‘yaklarda suv bir hovuch ko‘z yoshiday miltirab oqib turibdi. Quyosh qaymoq surtilgan shirmon nondek ufqqa qizarib bota boshladi.
A) rasmiy B) publitsistik C) badiiy D) so‘zlashuv
4. Til vositalarining nutqda ishlatilish imkoniyatlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) leksikologiyada B) grammatikada C) uslubiyatda D) dialektologiyada
Dostları ilə paylaş: |