28. So‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud bo‘lgan gapni toping.
A) Qomatiga ishongan qaddini bukib ketadi, ko‘pchilikka ishongan maqsadiga yetadi. B) Shahidbek maxdumning mahalla ahllaridan bo‘lib, Xudoyorxon zakotchilarining biridir. C) Birpas bo‘shadi deguncha, kitob ustiga mukkalaydi. D) Kumushning bu daqiqadagi holini qalam bilan chizib ko‘rsatish, albatta, mumkin emas.
29. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Tog‘da don topolmay och qolgan kakliklar gala-galasi bilan daraga yopirilib tushgan. B) Laziz yoqilg‘i to‘la bochkalarni birin-ketin dumalatib ayvon tagiga taxladi. C) Yormat boshini ko‘tardi, bir qo‘lini yerga tirab yonboshladi. D) Samarqand bilan yondash Buxoroda xalqning, amirlikka qarshi qudratli harakati yanada rivojlandi.