21. Qaysi gapda qaratqich-aniqlovchi belgili qo‘llanishi kerak?
A) Jarang-jurung qadah ovozlari yangradi. B) Eski uyimiz yonida uch xonali yangi uy qurib oldik. C) Maktab binosi oldida to‘xtadik.
D) Keksalar oppoq soqollari namlangan edi.
22. Quyidagi gaplarning qaysi birida mantiqiy nomuvofiqlik bor?
A) Bemorga uch mahal dori berib turdim. B) Dasht o‘rtasida bir tog‘ cho‘qqisi ko‘rindi. C) Bir burda non bir-birisiz tomog‘idan o‘tmasdi. D) Bir og‘iz gapim bor, shuni aytmoqchi edim.
23. U sofdilligi, ko‘ngilchanligi tufayli beixtiyor bu nokasga barini aytdi. Shuni aytadilarda ... deb. Nuqtalar o‘rniga quyidagi maqollardan qaysi birini qo‘yish mumkin?
1) rostga zavol yo‘q; 2) dilda bo‘lsa, tilga kelar; 3) dili pokning ishi pok; 4) dili bo‘shning tili bo‘sh 5) betga aytganning zahri yo‘q; 6) o‘zi to‘g‘rining so‘zi to‘g‘ri.
A) 4,6 B) 4 C) 1,2,3,4,6 D) 2,3,5,6
24. Qaysi gapdagi qaratqich kelishigi qo‘shimchasini chiqish kelishigi qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A) Maqtanganning uyini ko‘r, kerilganning to‘yini.
B) Mehmonlarning yoshi ulug‘i gapirdi. C) Institut kutubxonasi birinchi qavatda. D) Do‘stimning do‘sti mening ham do‘stim.
25. Quyidagi gaplarning qaysi birida tushum kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigini qo‘llash mumkin?
A) Butun dalani o‘quvchilarning shovqini tutib ketdi. B) Dam oluvchilar tog‘ havosini maqtab ketishdi. C) Nima dedingiz? Gapingizni tushunmadim. D) Shoir yangi yozgan she’rini o‘qib berdi.
Dostları ilə paylaş: |