12. Badiiy uslub haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) Sodda, to‘liqsiz va undalmali gaplardan ko‘proq foydalaniladi B) turli tasviriy va ta’siriy vositalar C) sonlar raqam bilan emas, so‘z bilan yoziladi. D) Tildagi hamma vositalardan erkin foydalaniladi.
13. So‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar qatorini toping.
A) taklif qilish, sohil, dala, doira B) farzand, shodlandi, qabriston, durust C) istiqlol, bezanmoq, afsus, moviy D) metro, tuzuk, yasashmoq, attang
14. Ushbu gaplardan qaysi birida so‘z qo‘llashda uslubiy xatolik bor?
A) - Afting qursin, - deb qarg‘adi kampir. B) O‘zi xomush, yuzlari so‘lg‘in edi. C) Xabarni eshitib, qizning chehrasi yorishdi. D) Go‘zal qiz Oysuluvning basharasida ter ko‘rindi.
15. Oyim ham «juvonmarg pashist»ning (u fashistlarni negadir bir odam deb o‘ylardi) tezroq go‘rga kirishini tilardi-yu, bir narsadan qo‘rqardi. Mazkur gapdagi «juvonmarg pashist», «tezroq go‘rga kirishini tilardi» birikmalari qanday birikmalar?
A) noadabiy qatlamga xos birikmalar B) eskirgan va tarixiy birikmalar C) shevaga xos birikmalar D) kinoyali birikmalar
16. Buldozer ko‘chamizda yiqilay deb turgan devorlarni bir chekkaga surib yo‘l ochar edi gapidagi noo‘rin qo‘llangan so‘zni toping.
A) bir chekkaga B) buldozer C) yiqilay D) surib
17. Quyidagi birliklarning qaysi biridan nutqda har gal tayyor material sifatida foydalanamiz? 1) so‘z; 2) qo‘shma so‘z; 3) so‘z birikmasi; 4) ibora (frazeologik birlik).
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 4
18. Qaysi qatordagi gapda paronimlarning qo‘llanishi bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Shu kecha unga boshpana berib, qurut ayron bilan mehmon qildilar. B) Hamma jim, o‘z ishi bilan band, hech kimdan sazo chiqmadi. C) To‘rt devor asiri bo‘lib o‘tirishdan cho‘lga borib ishlashni afzal ko‘rdi. D) Ot chopsa gumburlar tog‘ning darrasi, Botirni ingratar nayza yarasi.
Dostları ilə paylaş: |