15.Shu munosabat bilan mudirlikni yana Boboxo‘ja domlaga topshirildi. Ushbu gapda qanday qo‘shimchani qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato bor?
A) zamon hosil qiluvchi qo‘shimcha bilan bog‘liq B) so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan bog‘liq C) nisbat qo‘shimchasi bilan bog‘liq
D) kelishik qo‘shimchasi bilan bog‘liq
16. -lik qo‘shimchasi qaysi qatordagi so‘zga to‘g‘ri qo‘shilgan?
A) Yog‘liq ovqatni hazm qilish ancha qiyin bo‘ladi. B) Yaxshi odam beg‘ubor, keng fe’llik bo‘ladi. C) Berilgan gaplarning barchasida to‘g‘ri qo‘llangan. D) Shaharlik mehmonlar bilan salomlashdik.
17. Gapning davomini mantiqiy jihatdan eng muvofiq tarzda tugallaydigan qatorni toping? Pul topishning turli yo‘llariga kirish bilan...
A) teatrning shuhratini darrov tiklab bo‘lmaydi. B) teatrning shuhratini ertaga tiklab bo‘lmaydi. C) teatrning shuhratini tezda tiklab bo‘lmaydi. D) teatrning shuhratini aslo tiklab bo‘lmaydi.