28. Borolmadim: ishim chiqib qoldi. Erta boraman gaplari qaysi uslubga xos?
A) badiiy B) so‘zlashuv C) rasmiy D) ilmiy
29. Shaxsi va mayli ko‘chgan holda qo‘llangan gap qaysi qatorda?
A) Kechirasiz, sizni birinchi ko‘rishim, kolxozga yaqinda keldingizmi? B) Qani, yozamiz, bolalar. C) Olimjon akam keldilar. D) Biz G‘irvonga Abdulla Qodiriy izidan keldik. U kishi bundan 40 yil ilgari ... ocherk yozish uchun shu yerga kelgan ekanlar.
30. Quyidagi gapda qo‘llangan chiqish kelishigi qaysi kelishik bilan ma’nodoshlik munosabatida bo‘lishi mumkin? Shunday kichik teshikdan sigirning sig‘ishi aqlga sig‘maydi.
A) tushum kelishigi bilan B) o‘rin-payt kelishigi bilan C) orqali ko‘makchisi bilan D) jo‘nalish kelishigi bilan