9. Quyidagi gapda -lar qo‘shimchasi qanday ma’no anglatgan? Televizorga tikilaverib ko‘zlarim charchab ketdi.
A) o‘xshatish ma’nosini B) taxmin, chama ma’nosini C) sof ko‘plik ma’nosini D) kuchaytirish, ta’kid ma’nosini
10. Kelganim qachonlar edi. Ushbu gapda -lar qo‘shimchasi qanday uslubiy ma’noni anglatgan?
A) kuchaytirish B) chama, taxmin
C) kesatish, kinoya D) sof ko‘plik
11. Ushbu matn qaysi uslubga tegishli? Bodom fevral oyida gullaydi. Qayrag‘och - qurilish materiali, shuningdek, mebel korxonalari uchun qimmatli xom ashyo.
A) ilmiy B) badiiy C) so‘zlashuv D) publitsistik
12. Quyidagi matn qaysi uslubga tegishli? Jo‘yaklarda suv bir hovuch ko‘z yoshiday miltirab oqib turibdi. Quyosh qaymoq surtilgan shirmon nondek ufqqa qizarib bota boshladi.
A) rasmiy B) publitsistik C) badiiy D) so‘zlashuv
13. “Biz ushbu dalolatnomani tuzuvchilar...”, “Arizani yozishdan maqsadim shuki...” kabi birikmalar qaysi uslubda ishlatiladi?