12. Quyidagi gaplarning qaysi birida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq nuqson bor?
A) Dasht havosi musaffo, yengil shabada kishiga orom beradi. B) U shahar tashqarisida bahaybatli dala hovli ham qurgan ekan. C) Qoratepa guzari dam olish kunlari juda gavjum edi. D) Cho‘l qovunlari pishay-pishay deb turibdi.
13. Qaysi qatordagi gap uslubiy jihatdan xato qo‘llangan?
A) Do‘stlikni ardoqlash kerak. B) Bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor. C) Eshik ochiq bo‘lsa ham, so‘rab kir. D) Yoqimli shamol esa boshladi.
14. Quyidagi gapda yo‘l qo‘yilgan uslubiy xatoning qaysi nisbatga aloqadorligini belgilang. Bu maqolada Turkiston xalqlarining birligi aniq misollar bilan asoslanib berilgan.
A) Aniqlik nisbat bilan o‘zlik nisbatiga B) o‘zlik nisbati bilan birgalik nisbatiga C) Aniqlik nisbat bilan majhul nisbatga D) majhul nisbat bilan o‘zlik nisbatiga