30. Parallellik (bir xillik) qo`shma gap tarkobida uslubiy vazifa bajarishi qaysi javobda berilgan?
A) Shabnam tomar, o`rmon shuvillar, bulbullar sayrar. B) Shakarxon shu narsalarni o`yladi-yu, ustidan bir chеlak suv quyib yuborilgandеk bo`ldi. (M.Ism.) C) Saidiy buni angladi-da, ko`zi charaqlab ochildi.(A.Q) D) Aftidan, ular ko`pdan bеri shunday manzilni sog`inishib qolishgan-u, yеr yuzida qalqib turgan shu hayot suvini ko`rishga orzumand edilar.(J.Abd.)
7-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Qo`shma gapda takrorning uslubiy vazifa bajarishi qaysi javobda berilgan?
A) Atlas bo‘lganda ham qanaqa atlas dеng, xuddi Boltaboyning k o‘nglidagi sakkiztеpki...(G.G.) B) U signal yuqoridagi fikrimizga asosan signaloldi va signalorti signallarga parchalanadi. (Tўxtamish, Hakimbеk) C) Qosh-qovog`i uyulib, basharasidan zahar tomib turardi.(J.Abd.) D) Til – o`tmish, til – bugun, til – bu istiqbol, Til – ona xalqingdan nurli nishona. (O.Matchon)
Dostları ilə paylaş: |