11. Quyidagi gaplarning qay birida qo‘shimcha qo‘llashda xatolik mavjud?
A) Ibrohimning gunohini hammamizning gardanimizga yuklama. B) Men sizga aytsam, odamning yomoni bo‘lmaydi. C) Ibn Sinoga kasalning joni chiqmagan bo‘lsa bas, uni tuzatar edi. D) Radio karnayi orqali chaqirilib, bir necha yoshlar imtihon zaliga kirib ketishdi.
12. Qaratqich o‘rnida sifatlovchi aniqlovchi qo‘llangan qatorni toping.
A) Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on .... B) Bahordagi sarin yellar yosh qalblarda chuqur iz qoldiradi. C) Kishiga barcha narsani hayot o‘rgatadi. D) Ko‘ngilni ochish uchun tez-tez lola sayliga chiqib turish lozim.
13. Tovushlar va qo`shimchalar, lug`atning hamma qatlami nimada ma’lum bir ma’no ifodalaydi?
A) so`z birikmasida B) jumlada C) matnda D) A, B.
14. So`z va grammatik shaklning gap ichida ravshanlashadigan tomonlarini aniqlang.
A) ma’nosi B) A,C. C) ijtimoiy qimmati D) aloqasi
Dostları ilə paylaş: |