21. So‘zlamoq so‘zidan hissiy-ta’siriy bo‘yog‘i jihatdan farqlanadigan ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq B) to‘ng‘illamoq, vaysamoq, ming‘irlamoq, javramoq C) irod etmoq, bayon etmoq
D) barchasi uslubiy jihatdan farq qiladi.
22. She’riyatda qaratqich va tushum kelishiklarining qisqargan shkli, odatda, qaysi qo‘shimchadan so‘ng qo‘shiladi?
A) shaxs-son yoki egalik qo‘shimchasidan keyin B) egalik qo‘shimchalaridan keyin C) 1- va 2-shaxs egalik qo‘shimchalaridan keyin D) 3-shaxs egalik qo‘shimchalaridan keyin
23. Qaysi gaplarda chiqish kelishigi o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasini qo‘llash mumkin?
1.Ra’no gullardan bir-bir uzib, o‘rtoqlariga uzatdi.
2. Qarindoshlardan ketadigani ketdi, qoladigani qoldi.
3. Tomdagi bolalardan biri shoshilib tusha boshladi.
4. Men go‘zalning hajrida kuyib, chiqqan edim axtarib visol.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2 D) 1
Dostları ilə paylaş: |