24. Yo‘l ko‘rmagan yo‘ldan ozar. Ushbu maqolda qo‘llangan chiqish kelishigining qo‘shimchasi qaysi kelishik qo‘shimchasi bilan sinonim munosabatda bo‘lishi mumkin?
A) tushum kelishigi bilan B) jo‘nalish C) chiqish D) o‘rin-payt
25. Qaysi gaplarda chiqish kelishigi o‘rnida qaratqich kelishigi qo‘shimchasini qo‘llash mumkin? 1.Ra’no gullardan bir-bir uzib, o‘rtoqlariga uzatdi. 2. Qarindoshlardan ketadigani ketdi, qoladigani qoldi. 3. Tomdagi bolalardan biri shoshilib tusha boshladi. 4. Men go‘zalning hajrida kuyib, chiqqan edim axtarib visol.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 2
26. Quyidagi gapda qo‘llangan chiqish kelishigi qaysi kelishik bilan ma’nodoshlik munosabatida bo‘lishi mumkin? Shunday kichik teshikdan sigirning sig‘ishi aqlga sig‘maydi.
A) tushum kelishigi bilan B) o‘rin-payt kelishigi bilan C) orqali ko‘makchisi bilan D) jo‘nalish kelishigi bilan
27. Bir sinonimik qatorga mansub quyidagi so‘zlarning ijobiy ma’noga egasini belgilang.
A) bet B) aft C) bashara D) chehra
Dostları ilə paylaş: |