7. Fikrning tushunarli bo‘lishiga nimalar vositasida erishiladi?
A) so‘zni to‘g‘ri qo‘llash B) so‘zdagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish C) gapda so‘zlarni tartib bilan joylash D) barchasi to‘g‘ri.
8. Yasovchi qo‘shimchalar qat’iy qonun-qoidalarga ko‘ra qo‘llanmagan so‘zlardan iborat qatorni ko‘rsating.
A) xijolatpazlik, xizmatdosh, dalachilik B) oshkoraviylik, texnikaviy, go‘shtgirlik C) bug‘doykor, buyruqomuz. arzachi, kerilmachoq D) bemustasno, yo‘rmado‘zi, gapchil, gapxo‘r
9. -ni qo‘shimchasi uslubiy noto‘g‘ri qo‘llangan gap qaysi qatorda?
A) Karvon dashtni kezib yurdi B) U otni mindi-yu, odamlarini ergashtirib tog‘ tomon ketdi. C) Botirlari kanal qazadi, Naqshdorlar saroy quradi. D) ...fikrni ravon uslubda izchil bayon etish, orfografik va punktuatsion jihatdan savodli ifodalash hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
10. Qaysi qatordagi gapda qaratqich kelishigi o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘llangan?
A) Yormat jahli chiqqanidan otlarni qamchilardi. B) Latifjonni adasi so‘zining ustidan chiqdi. C) Navoiy gulni sevardi. D) Birlashgan yovni qaytarar.
11. Ko‘plikdagi kishilik olmoshlarining qaysi biri uslubiy talab bilan birlikni ko‘rsatuvchi olmosh o‘rnida kelishi mumkin?
A) ular B) biz, siz, ular C) biz D) biz, siz
Dostları ilə paylaş: |