A) Ko‘p ma’noli so‘zlar ishlatiladi. B) Terminlar qo‘llanadi
C) Ibora va jumlalar ma’lum qolipda bo‘ladi D) shevaga xos so‘zlar faol qo‘llanadi
29. So‘zning o‘z ma’nosidan ko‘chishi qaysi uslubda uchraydi?
A) rasmiy, ilmiy B) publitsistik, ilmiy C) badiiy, so‘zlashuv D) rasmiy, publitsistik
30. Keltirilgan matnning uslubini toping.Oyijon, oyijon, boshginam og‘riydi-yo. (Qo‘shiqdan)
A) so‘zlashuv B) rasmiy-idoraviy C) ilmiy D) publitsistik
16-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Badiiy uslubga xos gapni aniqlang.
A) Sen menga: “Ovqating undog‘, ovqating mundog‘” - degan gapni qilaverma. B) Stakanlarning ikkovida ham rangli eritma bor. C) Ma’lumotnoma tuman hokimiyatiga ko‘rsatilsin.
D) Butun osmonni bulutlarning og‘ir, qalin, qoramtir namati qoplagan.