24. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Dangasaning ishi bitmas, ishi bitsa ham, qishi bitmas.
B) Qadr bilmas qarindoshdan, qadr qilgan yod yaxshi. C) Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi. D) Har qadamda halqob bo‘lib yotgan ko‘lmaklar yerga singib, ariqlardagi loyqalar tina boshladi.
25. Qaysi jumla noto‘g‘ri tuzilgan?
A) Chigit ekildi. B) G‘o‘za terildi. C) Olma gulladi
D) Pomidor g‘arq pishgan.
26. Har qanday nutqning eng muhim belgilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) aniqlik va to‘g‘rilik B) ravonlik va soddalik
C) jozibalilik va tozalik D) barchasi to‘g‘ri.
27. Qaysi jumla noto‘g‘ri tuzilgan?
A) Qarorni yozildi. B) Salima turgan joyida turib qoldi.
C) Til xalqning tuganmas boyligidir. D) A va B.
28. Ilmiy uslubga xos asosiy belgilardan biri noto‘g‘ri bayon qilingan qatorni belgilang.
A) undalmali gaplar, his-hayajonli gaplar deyarli qo‘llanmaydi
B) tilning tasviriy-ta’siriy vositalari ishlatilmaydi C) Shartli belgilar qo‘llanmaydi. D) matn monologik nutq tarzida bo‘lib, dialoglar bo‘lmaydi