8. Quyidagi gaplarning qaysi biri uslub jihatdan noto‘g‘ri shakllangan?
A) Ko‘zing og‘risa, qo‘lingni tiy, tishing og‘risa, tilingni. B) Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. C) SPID kasalligi bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. D) Jarohati og‘irligidan kasal tinmay ihrar edi.
9. Quyidagi so‘zlardan har so‘zi bilan qo‘llana oladiganini belgilang.
A) marta B) karra C) topqir D) gal
10. Quyidagi so‘zlardan faqat insonga nisbatan qo‘llanadiganini belgilang.
A) ovqat B) taom C) oziq D) xo‘rak .
11. Faqat insonlarga nisbatan qo‘llanadigan so‘zlar qatorini belgilang.
A) dumalamoq, urchimoq, g‘ajimoq, chaqirmoq B) bekinmoq, tanovul qilmoq, ivib ketmoq C) ag‘anamoq, namlanmoq, bag‘ishlamoq, joylamoq D) balandlamoq, talashmoq, pusmoq, sakillamoq
12. Quyidagi matn qaysi uslubga xos?
17-modda. Fuqarolarning huquq layoqati. Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
Fuqaroning huquq layoqati tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
A) badiiy B) ilmiy C) rasmiy D) publitsistik
Dostları ilə paylaş: |