28. Keltirilgan matnning uslubini toping. Oyijon, oyijon, boshginam og‘riydi-yo. (Qo‘shiqdan)
A) so‘zlashuv B) rasmiy-idoraviy C) ilmiy D) publitsistik
29. Badiiy uslubga xos gapni aniqlang.
A) Sen menga: “Ovqating undog‘, ovqating mundog‘” - degan gapni qilaverma. B) Stakanlarning ikkovida ham rangli eritma bor.
C) Ma’lumotnoma tuman hokimiyatiga ko‘rsatilsin.
D) Butun osmonni bulutlarning og‘ir, qalin, qoramtir namati qoplagan.
30. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri faqat badiiy uslubga xos?
A) kabi B) yanglig‘ C) misoli D) singari
21-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq ma’lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta’rif-lash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko‘radigan uslubdir. Ushbu ta’rif qaysi uslubga mos keladi?
A) badiiy B) ilmiy C) rasmiy-idoraviy D) publitsistik
2. Ilmiy uslubga xos asosiy belgilardan biri noto‘g‘ri bayon qilingan qatorni belgilang.
A) undalmali gaplar, his-hayajonli gaplar deyarli qo‘llanmaydi B) tilning tasviriy-ta’siriy vositalari ishlatilmaydi C) Shartli belgilar qo‘llanmaydi. D) matn monologik nutq tarzida bo‘lib, dialoglar bo‘lmaydi
Dostları ilə paylaş: |